Qozog‘istonda ovoz berish yakunlandi

Image copyright European Photopress agency

26 aprel kuni Qozog‘iston mahalliy vaqti bilan soat 20 da saylov uchastkalari yopilgan.

Qozog‘istonning Vashington va Nyu-Yorkdagi diplomatik idoralarida ochilgan saylov uchastkalarining 27 aprel kuni tonggi soat 6 da yopishga qaror qilingan.

Qozog‘iston: prezidentlik saylovida ovoz berish boshlandi

Bu mustaqil Qozog‘iston tarixidagi beshinchi prezidentlik saylovi bo‘lgan.

Markaziy Saylov komissiyasining dastlabki ma‘lumotlariga binoan, muddatidan oldingi prezidentlik saylovida mamlakatdagi saylash huquqiga ega fuqarolarning qariyb 90 foizi ishtirok etgan.

"Mening ishonchim komilki, qozog‘istonliklar, avvalambor, barqarorlik uchun ovoz beradilar", deb aytgan ovoz berish payti Prezident Nursulton Nazarboyev.

U, agar saylanadigan bo‘lsa, qanday ishlar qilmoqchi ekani haqida so‘zlab bergan.

Qozog‘istonda rasman "Elboshi" maqomi berilgan 74 yoshli Nursulton Nazarboyev mamlakatni 26 yildan buyon boshqarib keladi.

Mamlakatda muddatidan oldingi prezidentlik saylovi 2011 yil o‘tkazilgan, unda janob Nazarboyevning 95 foiz ovoz to‘plab g‘alaba qozongani e‘lon qilingan edi.

Bu galgi saylovning ham natijasi avvaldan ma‘lum ekani boshidanoq aytib kelinayapti.

Erta-indin janob Nazarboyevning yana saylovchilarning ko‘p foizdagi ovozini qo‘lga kiritgani e‘lon qilinishi kutilmoqda.

Ushbu saylov Qozog‘istonda hokimiyatni siyosiy vorisga topshirish haqidagi gap-so‘zlarga chek qo‘yish maqsadida tashkillashtirildi, deya baholaganlar kuzatuvchilar.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq