Nepaldagi zilzila qurbonlari soni 3000 dan oshdi

Image copyright AP
Image caption Zilziladan aziyat chekkanlar

Neraldagi zilzila qurbonlari soni kamida 3326 nafar ekani xabar qilingan.

Favqulodda holatlar markaziga ko‘ra, jarohatlanganlar soni 6 yarim mingdan ortiqroqdir.

Qo‘shni Xitoy va Hindistonda ham o‘nlab insonlar qurbon bo‘lgani aytilmoqda.

Minglab odamlar ikkinchi tunni tashqarida o‘tkazishgan.

Rixter o‘lchovida 7.8 daraja bo‘lgan zilzila Everest tog‘larida ham toshu tuproq ko‘chishiga sabab bo‘lgan.

Nepal poytaxti Katmanduda turnaqator chodirlar tiklangan.

Tuni bilan nisbatan kuchsiz yer silkinishlari davom etgan.

Mulozimlarga ko‘ra, tog‘ yonbag‘irlaridagi qishloqlarda qurbonlar soni yana ortishi mumkin.

Xalqaro yordam

BMTga ko‘ra, hozirda Nepalda 14 ta xalqaro tibbiy yordam guruhi faoliyat olib bormoqda.

Qidiruv-qutqaruv guruhi soni 15 ta ekani aytiladi.

Yordam va‘dalari dunyoning deyarli barcha mintaqalaridan kelmoqda.

BMTning Bolalar tashkilotiga ko‘ra, ayni paytda bir millionga yaqin bolalar tezkor yordamga muhtoj.

Mamlakatda ichimlik suvi va oziq ovqat taqchilligi sezilmoqda, elektr quvvatida uzilishlar ko‘paymoqda.

Yordam va‘dalari:

AQSh: Tezkor qutqaruv guruhi va 1 million dollar

Xitoy: Qutqaruv guruhi

Hindiston: Tibbiy yordam mahsulotlari va ko‘chma kasalxona ortilgan uchoq, qutqaruv guruhi (iskovuch itlar bilan)

Pokiston: Ko‘chma kasalxona, tibbiy yordam ortilgan to‘rtta uchoq. Shaharda qutqaruv ishlarini olib boradigan maxsus guruh, oziq-ovqat mahsulotlari

Norvegiya: 3.9 million dollar

Olmoniya, Ispaniya, Fransa, Isroil va Ovro‘po Ittifoqidan yordam va‘dalari

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq