Uy-joydan foydalanish huquqidan mahrum qilish qanday amalga oshiriladi?

Yaqinda internet orqali "O‘zbekistonda virtual saylovlar" loyihasini amalga oshirgan jurnalist Ulug‘bek Bakirovning aytishicha, uni uy-joydan foydalanish huquqidan mahrum qilish va qayddan o‘chirish yuzasidan mahkamaga chaqirishgan.

Hozirda Norvegiyada istiqomat qiluvchi Ulug‘bek Bakirovning so‘zlariga ko‘ra, bu borada bildirish maktubi Andijon viloyatida yashovchi yaqinlariga jo‘natilgan.

Uning BBC bilan suhbatda aytishicha, maktubni Fuqarolar ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumani sudyasi imzolagan.

Maktubda aytilishicha, tuman prokurori "davlat va fuqaro manfaatlarini ko‘zlab, Ulug‘bek Bakirovni uy-joydan foydalanish huquqni yo‘qotgan, deb topish va qayddan chiqarish" bo‘yicha mahkamaga da‘vo arizasi kiritgan.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Ulug‘bek Bakirovga ko‘ra, qaysi asosda uni bunday huquqdan mahrum etish so‘ralgani maktubda aytilmagan.

Uning da‘vo qilishicha, bu harakatlar uning siyosiy faolligi uchun o‘tkazilayotgan bosim yo‘lidir.

Lekin O‘zbekiston qonunchiligi bo‘yicha uy-joydan foydalanish huquqidan mahrum qilish va qayddan chiqarish qanday hollarda amalga oshirilishi mumkin?

Bu savol bilan huquqshunos Ruhiddin Komilovga murojaat qilgan vaqtimiz, ayon bo‘ldiki, agarda mulk shaxsiy bo‘lsa, undan foydalanish huquqidan hech kim va hech qachon mahrum qila olmaydi.

Lekin bu uy birovga meros qilib berilmagan, qarzga to‘lov sifatida ko‘rsatilmagan va garovga qo‘yilmagan taqdirda.

"Konstitutsiyaga muvofiq, xususiy mulk huquqi dahlsizdir. Birovga vasiyat qilib berilmagan, garovga qo‘yilmagan, hadya qilinmagan bo‘lsa, bu huquqni hech kim inkor qila olmaydi", - deydi huquqshunos.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Bu uyda egasining yashashi yo-da ma‘lum muddat yashamayotgani uni foydalanish huquqidan mahrum qilish uchun asos bo‘la olmaydi.

"Lekin qayddan chiqarish umuman boshqa narsa. O‘zbekiston Respublikasining pasport rejimi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, fuqaro ro‘yxatdan o‘tkazilgan yerida 6 oydan ko‘proq yashamayotgan bo‘lsa, tegishli idoralar qayddan chiqarish borasida da‘vo arizalari bilan chiqishlari mumkin".

O‘tgan yili hozirda xorijda yashayotgan, "O‘tyuraklar klubi" inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti rahbari Mo‘‘tabar Tojiboyevaga nisbatan ham O‘zbekistonda bo‘lgan vaqti yashagan yeridan qayddan chiqarish va turar-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan, deb topish borasida Marg‘ilon shahar prokuraturasiga da‘vo arizasi kiritilgan.

Mo‘‘tabar Tojiboyevaga ko‘ra, bu borada Marg‘ilon tumanlararo mahkamasi da‘vo arizasini qondirib hukm chiqargan, lekin qaror nusxasi hech qachon unga yetib kelmagan.

Faollar bu harakatlarni mutlaqo ularning siyosiy va inson huquqlarini himoya qilish sohasida olib borayotgan faoliyatlari uchun o‘tkazilayotgan bosim deb atashmoqda.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Your contact details
Disclaimer