BMT: Nepal zilzilasidan 8 million inson ozor chekmoqda

Image copyright Getty
Image caption BMT: Nepalliklar yordamga muhtoj

Nepaldagi zilzila 8 million insonni jabrdiydaga aylantirgan, bu mamlakatning chorak qism aholisidir, deyiladi BMTning hisobotida.

Xalqaro yordam tashkilotlari ishga tushishgan, ammo Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ko‘ra, qariyb 1 yarim million odamga oziq-ovqat yetishmayapti.

Shanba kuni ro‘y bergan 7.8 darajali zilzila oqibatida qurbonlar soni 4 mingdan oshgan.

Mamlakat va qo‘shni mintaqalarda hamon yer silkinishlari davom etmoqda.

Nepal hukumati xorijiy yordamga ehtiyoji borligi haqida aytmoqda.

Mulozimlarga ko‘ra, hozir Nepalga ko‘rpa-to‘shakdan tortib vertolyotlar, shifokoru haydovchilar zarur.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio