Freedom House: Matbuot sohasida O‘zbekiston yana yomonlarning eng yomoni orasida

Freedom House tashkilotining bu yilgi hisobotiga ko‘ra, jahon bo‘ylab matbuot erkinligi oxirgi 10 yil mobaynidagi eng past darajaga tushgan.

"Jahon aholisining atigi 14 foizi matbuoti erkin bo‘lgan mamlakatlarda yashaydi".

Tashkilotga ko‘ra, o‘tgan yili qora Afrika davlatlaridagi ijobiy o‘zgarishlardan tashqari hamma yerda matbuot erkinligi bobida ortga chekinish kuzatilgan. Eng ko‘p chekinish Ovrosiyo hududida ro‘y bergan.

Hatto an‘anaviy ravishda erkin deya ko‘rilgan mamlakatlarda, jumladan, Yunonistonda matbuotda erkinliklar cheklana boshlangani nazarga tashlanmoqda.

Matbuoti eng abgor bo‘lgan mamlakatlar qatoriga Belorus, Kuba, Eron, Turkmaniston va O‘zbekiston doxil 10 mamlakat kiritilgan.

AQSh matbuoti ham bu yilgi hisobotda bir "ochko" yo‘qotgani aytimoqda.

Bunga Fergyuson shahridagi tartibsizliklar mobaynida jurnalistlarning hisbga olinishi, politsiya tomonidan tazyiqlar va qattiqqo‘l munosabat sabab bo‘lgan.

Ovrosiyo mintaqasida 82 foiz aholi "matbuot erkin bo‘lmagan muhit"da yashar ekan.

Rossiya hukumati matubot ustidan nazoratni kuchaytirgan, mustaqil jurnalistlarni tazyiq ostiga olgan va o‘zgacha fikrdagilarga "hujum"lar uyushtirish uchun davlat nazorati ostidagi nashrlarni jalb etgan.

Ozarbayjonda esa mustaqil nashrlarga nisbatan tahdid, cheklovchi qonunlarni kiritish, soxtalashtirilgan ayblovlarni qo‘yish va reydlar doxil, keng qamrovli kampaniya olib borilgan.

Ovro‘po qit‘asida matbuot erkinligi darajasi eng yuqorilaridan bo‘lsa ham, oxirgi 10 yil mobaynida pastga tushish kuzatilgan.

Norvegiya va Shvetsiya matbuoti eng ozod deya topilgan, Turkiyada esa matbuot fazosi yomonlashayotgani aytilgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Your contact details
Disclaimer