Poraxo‘rning juda chiroyli maqoli bor: "man olmasam, boshqasi baribir oladi-ku"

Image copyright Thinkstock

Internet nashrlari O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlaridan birining dekani 3000 AQSh dollari bilan qo‘lga tushgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Aksar o‘zbekistonliklar uchun pora oldi-berdisi haqidagi xabar yangilik emas.

Ammo poraxo‘rlik yuzasidan yirik mulozimlarning qo‘lga olingani haqidagi xabarlar deyarli matbuot yuzini ko‘rmaydi.

Shu munosabat bilan BBC "Ijtimoiy minbar"imizning savolini quyidagicha qo‘ydi:

Siz pora berishga majbur bo‘lganmisiz?

O‘zbekiston hukumati poraxo‘rlikka qarshi munosib kurash olib bormoqdami?

Sizningcha bu illatni qanday qilib yo‘q qilish va yoki kamaytirish mumkin?

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining fikrlari ayrim tahrirlar bilan:

Facebook foydalanuvchisi Dildora Alimbekova yozadi: Hozirgi davrda hech kim imtihonga emas, pul yig‘ib pora berishga tirishadi o‘qishga kirish uchun. Sabab porasiz umuman o‘qishga kirish ilojisi yo‘q. O‘zimni boshimdan o‘tgan. Bilim bilan ishlariyam yo‘q. Puling bo‘lsa bo‘ldi.

Forux Faruxi: Poraxo‘rlikni yo‘q qilish uchun shohdan gadoygacha qonun hammaga teng bo‘lishi kerak va hamma amal qilishi kerak. Fuqarolar faqat qonun organlaridanmas, oddiy fuqarolardan ham hayiqishimiz kerak va hamma poraxo‘rlikdan, pora berishdan jirkanadigan bo‘lishi kerak. Bizda-chi? Hozirgi kunda oxirgi so‘mini bolalarini rizqini birovlarga pora beradi-da, yana maqtanib qo‘yamiz "palon ishimni palon so‘mga bajardim" deb. Kerakli joyda maqtanib qolamiz va qolgan joyda yomonlaymiz. Pora beruvchi ham, oluvchi ham gunohi bir xil - harom. Buni iloji bor yo‘q qilishni. Hamma barobar kurashish kerak. Pora talab qilganni kerakli joylarga murojaat qilib oyog‘ini osmondan qilish kerak. Dalil-hujjatlar bilan kurashish kerak. Shunday harakat bilan poraxo‘rlikni ildizini yo‘q qilish mumkin va biz poraxo‘r bilan kurashadiganlarga yordam berib yonida turishimiz kerak. Poraxo‘r va pora beruvchi o‘zidan o‘zi yo‘q bo‘ladi, qachonki biz ham oluvchiga va beruvchiga qarshi kurashsaggina.

Bahodir Ne'mat: Savol umuman noto‘g‘ri berilgan. Siz pora bermasdan birorta ishingizni hal qilganmisiz? - degan savol qo‘yilishi lozim edi. O‘zbekiston hukumatining poydevori poraxo‘rlikdan yaratilgan bo‘lsa, u qanday qilib o‘zining ildiziga bolta urishi mumkin, axir u qulab tushadiyu?!

Hussain Tursunaliev: Har bir fuqaroni ish bilan ta‘minlab oylik maoshini 2000 dollar qilsa poraxo‘rlik, manmansirash yo‘qoladi va hamma el qatori oylikka ishlab yuradi. Shu bilan ham bo‘lmasa jazo muddatini belgilash lozim bo‘ladi. Halol luqma baribir halolda, harom bu dunyoda ham, oxiratda ham foyda bermaydi. Ko‘pchilik shuncha ko‘p pul topsa ham "yana, yana" deydi. O‘zidan so‘rasangiz, nolib, "ish yurmayaptida, yashash qiyin bo‘lib ketyapti", deydi. To‘yga borsangiz, quda-andaga yangi ko‘ylak, o‘tganlarga yangi kafan, xolasi, ammasi, tog‘asi, jiyani, hech biri qolmay to‘yona beradi va o‘zlarini zalolatga boshlaydi... va bu ko‘p achinarlidir. Endi hozirgi paytda pora berish rahmatni evaziga bo‘lib qolgan. Halol pul topib boy bo‘lish nihoyatda qiyin va mushkuldir.

Luqmon Abu Muhammad: Islom qonuni va Islomda yashash. Islom atmosferasi yo‘qotadi bu qusurni, boshqa davo yo‘q ALLOHning davosidan boshqa bu kasallikka.

Yahyo Sultanov: Bu illatni ildizi boshqa yerda, chiqarilgan taqiq, jazo bilan to‘xtatish imkoni yo‘q. Kasalni davolash uchun yarani emas, yara bo‘lishga omil yaratayotgan kasallik o‘chog‘ini topish lozim. Hozir dunyoda O‘zbekiston singari hamma insonlar yarani ustidan bog‘lash bilan, ya‘ni, qamash bilan davolash mumkin, deb o‘ylashadi. Yara, ya‘ni poraxo‘rlikni qaysi mikrob keltirib chiqarayotganini o‘rganish va shu mikrobga qarshi kurashish uchun insonga ilm lozim. Ilm esa yo‘q, ilmni o‘rnini insonlarda boshqa narsalar egallagan, seks, pul, mansab, o‘zini boshqadan ustun kuyish, kibr. Inson ilm o‘rganishini ibrat ta‘minlaydi va insonlar nimadan ibrat olgan bo‘lsa, ilmni shundan oladi va tafakkuri shunigina tafakkur qiladi. Hozirgi insonlarni ko‘z oldingizga keltirish qiyin emas, ilmi aqli yo‘nalgan sohalarni eshiting: seks, fohishabozlik, fohishaxonalar tashkil qilish, rivojlantirishga, mansabparastlikni, kibrga berilib ketgan. Pul ko‘paytirish uchun pora, birovni haqidan qo‘rqmaslik, qonunni chetlab o‘tish... bular o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Insonlarni ilmi qaysi yo‘nalishda bo‘lsa, shu narsa ilg‘or...

Aslam Mavlanov: O‘zbekistonda yangi chiqqan qonun bo‘yicha pora bergan shaxs pora olgan bilan barobar jazolanadi. Agar u pora berganligi to‘g‘risida bir oy ichida tegishli idoralarga murojat qilmasa. O‘quv yurtlariga kirish uchun BILIM kerak, pora emas!!!

Naser Muhammad: Deyarli yagona tirikchilik manbaiku. Faqat qayerda oylik daromad 250$ bo‘laturib, oylik xarajat ba‘zida 10000$ ga ham chiqib ketishi mumkin? Mantiqiy xulosalar, bu xalq qonidagi xususiyat. Qonni o‘rniga yangi qon, yoki tomirni olib tashlab o‘rniga yangi tomir, va albatta butun boshli tanani almashtirish orqali qabul qilinadi. Xalqni o‘zi shu illatni yanada gurkirashini so‘rab duo qiladi. Istalgan byudjetdan maosh oladigan amaldor, yangi amalga o‘tsa bir katta yig‘in qilib, ziyofat beradi. Mehmonlar tuzini yegach, tuzlug‘iga tupurmaslik uchun ham ikki qo‘lini ochib mezbon amaldorni kelajak ishlariga yaratgandan baraka so‘raydi. Kelajakda esa byudjetnik kotta xolasinikidan oladi inson havas qiladigan ne‘matlarni. Poraxo‘rni judayam chiroyli maqoli bor: "man omasam, boshqasi baribir oladi-ku". Poraxo‘rlikni yo‘qotish uchun hatto biror fikr aytsangiz, bu fikringiz xato ekanligini isbotlash uchun nohaq qamashgacha borishadi. Ezgulikka intilayotganni yo‘li razolat botqog‘idan o‘tmaydi. Poraxo‘r o‘zi qilayotgan ishini xato ekanligini qalban his etib to‘xtatmaguncha tushuntirishdan charchamaslik kerak. O‘lim jazosi masalani ijobiy hal etmaydi.

Frost Frostman: Bu illat, ming afsuslar bo‘lsinkim, yurtimizda ko‘paysa ko‘payyaptiki, lekin kamaymayabti. Qayoqqa borma pul, pul, pul. Shunisi achinarli-ki hamma bu narsaga tobora o‘rganib bormoqda. Pul desa, "ma ol" deb cho‘ntagidan bexijolat chiqaradi. Bunaqa mavzularni bu yerda ochilgani yomonmas-u albatta. Ammo 100 ta, juda borsa 200 ta odam o‘qiydigan tarmoqlardan foyda juda kam. Agar mavzu yuzasidan aytadigan bo‘lsam, ha pora berishga majbur bo‘lganman. Hozirda talabaman. Talabalarni qo‘llab-quvvatlab, ularni ko‘tarish o‘rniga ularni battar yerga ko‘mishadi. Darslardan ishim chiqib qoldi, deb javob berib yuborishadi. Yil oxirida esa imtihonga "syurpriz" savollar bilan kutib olishadi. O‘tilmagan darslarni so‘rashadi. Hayron qolaman, yana kamiga ommaviy axborot vositalarida "O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat" deb jar solishadi. Agar qanaqa buyuk davlatga aylanib borayotganimizni bilishni xohlaganlar oliy o‘quv yurtlarimizdagi darslarga marhabo. Juda buyuk ishlar qilamiz...

Temur Aliev: Oliy Ta'lim tizimi korrupsiya botqog'iga botgan. Hatto bollalar bog'chasiga ham yetib borgan. Buni hamma biladi. Shaxsan rektorlar 250 ming yoki 300 ming $ bilan kursiga o'tirishadi deb eshitgandim.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Your contact details
Disclaimer

Bu mavzuda batafsilroq