Saodat Ismoilova: "Har bir filmning aytadigan so‘zi bo‘lishi kerak"

Image copyright bbcuzbek
Image caption "Chilla"ni suratga olish jarayoni

Saodat Ismoilova Parijda yashab ijod qiladi. U bugungacha qilgan ishlari bilan o‘nlab xalqaro festivallarda muvaffaqiyat bilan ishtirok etgan.

"Film ijodkori sifatidagi ishlarim ajdodlarimdan menga meros qolgan e‘tiqodim, an‘analarim, madaniyatimni avaylab asrashga va zamonaviy tomosha san‘atiga o‘girish bilan ularni yangicha hayotga olib kirishga qaratilgan" deydi Saodat.

Saodat Ismoilova bilan suhbatni mana yerdan tinglashingiz mumkin:

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Saodat Ismoilova 1981 yil Toshkentda tug‘ilgan.

O‘zbekiston Davlat san‘at institutida tahsil olgan.

Uning ilk "Xoh ishoning, xoh ishonmang" filmi 1999 yil Toshkent festivalida bosh sovrin bilan taqdirlangan.

"So‘nggi mehmon" filmi 2000 yil Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan Xalqaro kinofestivalida "Eng yaxshi kamera" nominatsiyasi bo‘yicha mukofotni qo‘lga kiritgan.

2002 yil u Italiyadagi "Fabrica" tadqiqot markaziga taklif qilinadi. U yerda Saodat "Zulfiya" va "Ko‘rinmas dengiz Orolda baliq ovlash" kabi qisqa metrajli fimlarga direktorlik qiladi.

Image copyright bbcuzbek
Image caption Saodat Ismoilova filmidan parcha akslangan ko‘rgazma

"Orolda baliq ovlash" 2004 yil Torino Xalqaro film festivalida eng yaxshi hujjatli film deb topilgan.

Saodat Ismoilova 2013 yil Venetsiyadagi la Biennale di Venezia festivalida O‘zbekiston tomonidan ishtirok etgan.

2014 yil fevralida Berlin Xalqaro kinofestivalida Saodat Ismoilovaning "Chilla" deb nomlangan filmi namoyish etilgan..

"Chilla"da Markaziy Osiyo ayollarining to‘rt avlodi hayoti yo‘li va turmush tarzi aks ettirilgan.

"Filmda ushbu ayollarning sirli va o‘ta shaxsiy dunyosini tasvirlashga uringanman", deb aytgan film direktori Saodat Ismoilova BBC bilan suhbatida...

Yaqinda 1989 yil, Berlin devori qulaganidan beri yaratilgan 25ta eng yaxshi filmlar sirasiga Saodatning "Chilla" filmi ham kiritilgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Your contact details
Disclaimer

Bu mavzuda batafsilroq