O‘zbekistonda hokimlar mas‘uliyat sezadimi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

O‘zbekiston parlamentining axborot xizmati xabar qilishicha, endi xalq deputatlari kengashlari va hokimlar yillik hisobotlarini internet orqali chop qilishlari yo‘lga qo‘yiladi.

Bu borada Oliy Majlisning 30 aprelda bo‘lib o‘tgan yig‘inidan keyin xabar qilindi.

O‘zbekistonda oxirgi yillarda joylardagi hokimlarning xalq oldidagi mas‘uliyati va oshkoraligini oshirish ilinjida qator choralarga qo‘l urilgan.

Xususan o‘tgan yil aprelida O‘zbekiston Konstitutsiyasiga joylardagi hokimiyatlarning parlament oldidagi mas‘uliyatini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha modda kiritilgan.

Oxirgi ikki yil ichida ba‘zi viloyat hokimlari esa televideniye orqali tomoshabinlarning ijtimoiy muammolariga javob berishga uringanlar.

Oliy Majlisdan bildirishlaricha, "Joylardagi davlat boshqaruvi" nomli qonunga qo‘shimcha tarzda kiritilishi mo‘ljallanayotgan 251-moddaga binoan, hokimlar o‘z hududlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bo‘yicha yillik hisobot berishlari kerak va kelgusi yilning ustivor dasturlarini oshkor qilishlari kerak bo‘ladi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, xalq deputatlari kengashlari qarorlari va hokimlar hisobotlari nafaqat rasmiy nashrlarda, balki hokimiyatlarning internet sahifalarida chop qilinadi.

Hozircha viloyat hokimiyatlari web saytlari ijtimoiy va iqtisodiy muammolar mavzularini chetlab o‘tishmoqda. Ko‘plab viloyat, shahar va tumanlar web saytlarga kirishning imkoni yo‘q, yoki ular oylab yangilanmaydi.

Hokimlarga arz qilgan fuqarolar bu jarayonning mujmal va foydasiz ekani aytadilar.

Toshkentlik jurnalist Abdurahmon Tashanovning aytishicha, o‘z tumanidagi biron vaziyatdan norozi bo‘lib viloyat hokimiga yuborilgan shikoyat arzdorning o‘zi yashayotgan tuman hokimiyatiga jo‘natiladi, so‘ngra bu tuman hokimiyati uni mahalla qo‘mitasiga bersa, qo‘mita o‘z navbatida uni "uchastkovy" militsionerga topshiradi.

O‘zbekistonda davlat boshqaruvi avtoritar tarzda tuzilgan bo‘lib, hokimlarni xalq saylamaydi. Viloyat hokimlari prezident tomonidan, shahar va tuman hokimlari esa viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio