Farxunda o‘limi yuzasidan 49 kishi mahkamaga tortilmoqda

Image copyright EPA

Afg‘oniston poytaxti Kobulda butun dunyoni g‘azablantirgan Farxunda o‘limi yuzasidan 49 erkak ustidan mahkama davom etmoqda, ular orasida 19 politsiya xodimi bor.

Ular shafqatsiz qotillikda ayblanmoqdalar.

Hodisa Kobuldagi Shoh-du-Shamshaira masjidida 27 yoshli Farxunda imom bilan bahslashgani ortidan ro‘y bergan.

Diniy bilim olayotgan hamda ziyoratgoh imomlarining Islom diniga qarshi amallari noto‘g‘riligini tushuntirishni istagan Farxundani Qur‘onni yoqishda ayblashgan.

G‘azablangan olomon uni kaltaklab o‘ldirishgan, keyin jasadini yoqishgan.

Farxundaning o‘ldirilishi mobil telefonlar videosiga tasvirga olingan, tezda butun dunyoga tarqaldi va ko‘pchilikni larzaga soldi.

Image copyright

Ushbu dahshatli qotillikka qarshi norozilik namoyishlari uyushtirildi.

Kobuldagi mahkamada qoralov tomoni bildirishicha, Farxunda Qur‘onni yoqqani isbotlanmagan.

19 politsiya xodimi g‘azablangan olomonni to‘xtatish uchun hech qanday chora ko‘rmaganlikda ayblanganlar.

Mahkama 2 may kuni boshlandi.

Ayblanuvchilar mahkamada mahbuslarning qora kiyimlarida hozir bo‘ldilar.

Mahkamani Afg‘oniston davlat televideniyesi to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Your contact details
Disclaimer

Bu mavzuda batafsilroq