O‘rta Yer dengizida qariyb 6000 muhojir qutqarilgan

Image copyright Reuters

Urushlar, ocharchilik va qiyin hayotdan qutulish maqsadida Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlaridan ko‘p sondagi muhojirlar Ovro‘poga intilmoqdalar, har qanday yo‘l bilan bo‘lsa-da, Italiya yoki Yunoniston sohillariga yetib olishga harakat qilmoqdalar.

Dam olish kunlari bo‘lgan 2 va 3 may kunlari Italiya qirg‘oq qo‘riqchilari afrikalik qariyb 6000 muhojirni qutqarganlari haqida xabar qilganlar.

Bu odamlar qo‘lbola yog‘och va rezina qayiqlarda suzib Ovro‘po sohillarigacha yetib olishga uringanlar, deydi Italiya politsiyasi.

Muhojirlarni qutqarish amaliyotlarida Italiya sohil qo‘riqchilari bilan birga Frantsiya mutaxassislari ham ishtirok etganlar.

Italiya rasmiylariga ko‘ra, ushbu qutqaruv amaliyotini 2015 yildagi eng yirik amaliyot deyish mumkin.

3 may kuni italiyalik qo‘riqchilar Liviya sohillariga yaqin joyda 10 insonning jasadi topilgani haqida ham xabar qilganlar.

Shu yil boshidan O‘rta Yer dengizi osha Ovro‘po sohiliga yetib olmoqchi bo‘lgan kamida 1750 inson nobud bo‘lgan.

Image copyright BBC World Service

Bu raqam 2014 yilning to‘rt oyi mobaynida halok bo‘lgan insonlarning sonidan 20 marta ko‘p.

O‘tgan yili to‘rt oyi mobaynida 96 muhojir hayotdan ko‘z yumgani xabar qilingan.

Shu yil aprelida Liviyadan yo‘lga chiqqan bir kemada bo‘lgan 800 dan ortiq inson halok bo‘ldi.

Bu kemada Suriya, Senegal, Eritreya va Somalidan yo‘lga chiqqan muhojirlar bo‘lganlar.

Ushbu yirik fojea Ovro‘po Ittifoqini muhojirlar hayotini saqlab qolish maqsadidagi ko‘proq choralar ko‘rishga undadi.

Lyuksemburgda maxsus uchrashgan ittifoq tashqi ishlar vazirlari muhojirlarga yordam ko‘zda tutilgan qator choralar paketini qabul qilgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Your contact details
Disclaimer

Bu mavzuda batafsilroq