Moskva yirik harbiy paradga hozirlik ko‘rmoqda

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Bugundan boshlab butun Ovro‘po bo‘ylab qit‘a tarixidagi eng qonli urush intihosining 70 yillik sanasiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari boshlanadi.

1945 yilning 9 may kuni Ikkinchi Jahon urushi yakun topgan, to‘rt yilga cho‘zilgan urush ortidan, fashistlar Olmoniyasi mag‘lub etilgandi.

Rossiyada ushbu sana Moskvaning Qizil maydonida yirik harbiy parad bilan nishonlanmoqchi.

Ammo G‘alabaning 70 yillik sanasi ekaniga qaramay, rasmiy Kremlning Ukraina inqirozida tutgan o‘rni bois, Britaniya doxil qator G‘arb davlatlari paradda ishtirok etishdan bosh tortishgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining xabaridan anglashilishicha, Prezident Islom Karimov ham 8 may kuni Moskvadagi MDH davlat rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etadi, ammo 9 may kuni o‘tadigan tantanali paradda qatnashmaydi.

Moskvadagi harbiy paradga so‘nggi hozirliklar, siz ham tomosha qiling:

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio