AQSh va Ovro‘poda G‘alaba kuni nishonlanmoqda

Image copyright BBC World Service

Ovro‘po bo‘ylab Ikkinchi Jahon Urushi yakunining 70 yilligi tantanali ravishda nishonlanmoqda.

Parij, London, Berlin va Vashingtonda marosimlar bo‘lib o‘tmoqda. Shanba kuni esa Moskvada parad o‘tkazilishi rejalangan.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Frantsiya Prezidenti Fransua Ollond bilan Parijdagi tadbirda ishtirok etib, Ark de Triumf maydonidagi noma‘lum askar yodgorligi ostiga gulchambar qo‘ydi.

Tadbirlar avvalo urushning ilk o‘qlari otilgan Polshaning Gdansk shahrida boshlandi.

Image copyright EPA

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun va qator sharqiy ovro‘polik rahbarlar ishtirok etgan mazkur xotira marosimini Polsha hukumati Rossiyadagi g‘alaba paradini boykot qilgan rahbarlarga muqobil tadbir sifatida tashkil qildi.

Rossiyaning Ukrainada kechayotgan urushdagi rolidan norozi davlat rahbarlari Moskvaga borishdan bosh tortishgan.

Ko‘plab ovro‘polik rahbarlar o‘z mamlakatlaridagi marosimlarda ishtirok etishmoqda.

Olmoniya parlamentida o‘tkazilgan maxsus sessiyada notiqlar urushga nuqta qo‘ygan G‘arb ittifoqchi kuchlari va Sovet armiyasiga minnatdorchilik bildirishdi.

Parlament spikeri Norbert Lammert 70 yil oldingi 8 mayni olmonlar "ozod qilingan kun" ekanini aytdi.

Britaniyada davlat boshiga yangi hukumat kelar ekan, Londondagi noma‘lum askar yodgorligida maxsus marosim o‘tkazildi va kechqurun mamlakat bo‘ylab 200ta mash‘al yoqilishi kutiladi.

Image copyright EPA

AQSh Prezidenti Barak Obama radio orqali chiqish qilib "jahonni saqlab qolgan ajdodlar"ni olqishladi.

Vashingtondagi Ikkinchi Jahon urushi yodgorligida marosimlar o‘tkazilishi va ko‘hna uchoqlar parvozi mo‘ljallangan.

Rossiya shanba kuni bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida o‘zining harbiy qudratini namoyish qilmoqchi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Your contact details
Disclaimer