Afg‘oniston: Strategik muhim mintaqa Tolibon nazorati ostida

Image copyright

Afg‘onistonning Bodg‘iz viloyati Javond ulusvorligi nazorati Tolibon jangarilari qo‘liga o‘tgan.

Bodg‘iz viloyati kengashi raisining aytishicha, shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi kechgan janglar ortidan toliblar hokimlik binosi va politsiya qarorgohini ishg‘ol qilgan.

Tuman mas‘ullari, politsiya xizmati rahbarlari hamda afg‘on armiyasi kuchlari qo‘shni mintaqalarga qochib chiqishgani, yana qator insonlar asir tushganlari xabar qilinadi.

Prezident Ashraf G‘ani Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklariga tuman nazoratini zudlik bilan qaytarib olish uchun qo‘shimcha kuchlar jo‘natishga buyruq bergan.

Hirotdagi muxbirimiz Humoyun Hadid tafsilotlarni o‘rgangan:

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Faryob viloyatiga chegaradosh, stategik muhim Javond tumanining Tolibon nazoratiga o‘tishi ham Bodg‘izning o‘zi va ham qo‘shni Faryob viloyati amniyatini xatar ostiga qo‘yadi.

Hodisa Afg‘onistonning qator shimoliy va shimoliy-sharqiy viloyatlari amniyati shundoq ham jiddiy yomonlashgani ortidan kuzatilmoqda.

Shu ma‘noda Bodg‘izdagi hujumlar Tolibonning Afg‘oniston shimoli bo‘ylab olib borayotgan qurolli amaliyotlari bir qismi deyish mumkin.

Ayni paytda bu NATO tayyorlovidan o‘tgan Afg‘oniston politsiyasi va armiyasi uchun mushkul sinov sifatida ham ko‘riladi.

Shunday ekan, hukumat kuchlari bu xatarni aritishga qanchalar qodir? Biz bu haqda Maymanadan parlament vakili Naqibulloh Foyiqdan so‘radik.

Foyiq janoblariga ko‘ra, Javondning olinishi toliblar qo‘li baland kelayotganini ko‘rsatadi. Va tumanni qaytarib olish hukumat kuchlari uchun oson kechmaydi.

"Bodg‘izda avvaldan toliboncha fikrlaydigan odamlar ko‘p. Qolaversa, u mintaqa tog‘li mintaqa", deydi parlament vakili.

Bodg‘iz viloyati Turkmaniston bilan ham chegaradosh.

Tolibon nazorati ostida hayot qanday?

Naqibulloh Foyiqning aytishicha, toliblar bugunda o‘z taktikalarini o‘zgartirgan. Va aholiga ortiqcha zulm qilayotganlari yo‘q.

"Oldin odamlarning kallasini kesib, o‘ldirib, bog‘larga o‘t qo‘yishar edi. Hozirda hech qanday zulm yetmaydi. Mardum osoyishtalikda ziroati, chorvachiligi bilan mashg‘ul. Toliblar odamlarni o‘ldirdi degan xabarlar kelgani yo‘q. Faqat hukumatning arboblari, qo‘mondonlariga mushkullik tug‘iladi", deydi Naqibulloh Foyiq.

Suhbatni to‘la shaklda bu yerdan tinglang

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio