"O‘zbekiston: G‘oyib bo‘lgan saroylar ohanglari"

Image copyright none

Londondagi Yunus Emro nomidagi Turk madaniyat markazida "O‘zbekiston: G‘oyib bo‘lgan saroylar ohanglari" deb nomlangan musiqiy albomning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

UNESCO kollektsiyasidagi o‘zbek an‘anaviy musiqalari jamlangan albom Amerikadagi "Smithsonian Folkways Recordings" ovoz yozish shirkati tomonidan chiqarilgan.

Munojat Yo‘lchiyeva, marhum Turg‘un Alimatov, Shavkat Mirzayev, Sherali Jo‘rayev, Dadaxon Hasan va Abduhoshim Ismoilov kabi qator o‘zbek milliy musiqa san‘atining yetuk namoyandalari ijrosidagi mumtoz musiqa namunalari 1997-1998 yillarda to‘plangan.

Tadbirni tashkil qilgan Kembridj Universiteti tadqiqotchisi Professor Roziya Sultonova Londondagi musiqa shinavandalariga o‘zbek milliy musiqasi tarixi, uning qaysi davrlarda gullab-yashnagani, bugungi kunga qadar nimalar bilan boyib, qanday yo‘qotishlarga yuz tutayotgani haqida gapirdi.

"O‘zbek musiqasi ildizlari o‘rta asrlar saroy madaniyatiga borib taqaladi. Mumtoz musiqa 14 asrlarda ana shu saroylarda kurtak otib, ravnaq topgandi. Misol uchun maqom amirlar va xonlar mezbonligida o‘tgan yig‘inlarda ijro qilingan... Yillar o‘tib esa, saroylar parchalandi, qadimiy shaharlar siyosiy taloto‘plarni boshidan kechirdi, ammo musiqa yashab qoldi..." deydi "O‘zbekiston: G‘oyib bo‘lgan saroylar ohanglari" musiqiy albomini nashrga tayyorlagan Roziya Sultonova.

Tadbirda Roziya Sultonova dutorda o‘zbek kuylaridan namunalar ijro etdi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq