Hindistonda Osiyo sherlari soni ortdi

Hindistonda Osiyo sherlari soni 523taga yetgan. Gujarat Bosh vaziri Anandiben Patelga ko‘ra, 2010 yil ularning soni 411ta deb qayd qilingandi.

Gujarat shtatidagi Gir o‘rmoni Osiyo va yo Fors sherlari deb ataluvchi jonivorlar yashovchi uchun yagona maskandir.

Bir paytlar Gujaratda keng tarqalgan ushbu jonivorlar soni 20 asr boshlariga kelib ovchilik va qurg‘oqchilik bois misli ko‘rilmagan darajada kamayib ketgandi.

Ammo, o‘tgan asrda sherlarni ov qilishni taqiqlash, aksincha, ularni asrashga qaratilgan qator choralar yo‘lga qo‘yilishi ortidan ular yana ko‘paya boshladilar.

So‘nggi tadqiqotlar oy boshlarida rasmiylar va ko‘ngillilardan iborat guruh tomonidan olib borilgan. Hisob-kitoblar natijasida 109ta voyaga yetgan erkak sher, 213ta urg‘ochi, 213ta sherbachcha borligi aniqlangan.

Sherlar Gujaratning Saurashtra mintaqasidagi 21, 000 kvadrat metrlik hududda umrguzaronlik qilishadi.

Ammo, muxbirimizga ko‘ra, ushbu jonivorlar soni ortishi bilan ularning xavfsizligiga oid yangi xavotirlarni paydo bo‘lgan.

Atrof-muhitni saqlash faollariga ko‘ra, sherlarning 40 foizga yaqini o‘rmon hududidan tashqarida yashaydi. O‘tgan 5 yil asnosida 260ta sher nobud bo‘lgan.

Ochiq quduqlar, xo‘jaliklardagi ochilib qolgan elektr simlari, noqonuniy ovchilik va poyezdlar qatnovi Saurashtra mintaqasini "Osiyo sherlari uchun o‘lim maydoni"ga aylantirgan.

Shuningdek, sherlar o‘tgan ikki yilda 14 insonni g‘ajib tashlagan va 114 kishiga jarohat yetkazgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq