Karimov va Atamboyev "dahanaki jangi" ijtimoiy tarmoqlar muhokamasida

Moskvadagi MDH rahbarlari norasmiy sammitidagi Prezident Almazbek Atamboyev va Prezident Islom Karimov o‘rtasidagi "dahanaki jang" Internet ijtimoiy tarmoqlarida qizg‘in muhokamalarni keltirib chiqargan.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 8 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan MDHga a‘zo mamlakatlar rahbarlarining norasmiy yig‘ilishida qatnashdi va Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayevning yig‘ilishdagi fikrlarini tanqid ostiga oldi.

Bu bo‘lib o‘tgan "dahanaki jang"ga ijtimoiy tarmoqlarda nisbatan bir qancha izohlar qoldirildi. O‘zbek faollari Karimov tanqidini olqishlar bilan kutib olgan bo‘lsalar, Qirg‘iz internet foydalanuvchilari o‘z prezidentlarini qo‘llab-quvvatladilar.

Karimovga yon bosib gapirgan Facebook foydalanuvchilaridan biri "Anfisa Kovganyuk" O‘zbek prezidenti tanqidini shunday izohlagan: "Qoyil, mana endi men faxrlanaman! Barakalla, hammasini to‘g‘ri aytibdi!". "Vadim Stravchinsky" esa "Hayotimda birinchi bor Karimovga hurmatimni bildiraman" deb aytgan.

"Novosti Uzbekistana" Facebook sahifasida ham bir qancha izohlar qoldirilgan. Jumladan, "Jaxongir Usmonov" shunday degan: "Evronyusga ikkita intervyu bergandan keyin Qirg‘izistonning yangi tayyorlangan navbatdagi prezidenti o‘zini tajribali mamlakat rahbari sifatida ko‘rganga o‘xshaydi". "Gafurov Dilshodbek" esa "Tanqid qattiq bo‘ldi, hatto Rossiya ham hayratda qoldi" deb qo‘shimcha qilgan.

"Atambayev diplomatiya va siyosatni bilmaydigan shaxs" deb aytgan "Mels Rustamov Rustamovich". Ko‘pchilik qatorida, "Jasurbek Nizomov" "tinchlik" uchun Karimovni maqtashga ulgurgan: "Eng zo‘r yurtboshimiz, ming rahmat musaffo osmon uchun, boshimizga sog‘ bo‘lsinlar!!!".

"Jeck Off Page" Qirg‘iz prezidentini laganbardorlikda ayblagan: "Kim bo‘libdi bu Atambayev kimnidir koyish uchun. O‘zlari hech qachon yordam bermaganlar va har doim yordam so‘rab kelganlar, hozir ham Rossiyadan yordam so‘ramoqdalar, chunki o‘zlari hech narsa qila olmaydilar".

"Eza Djumagazieva" esa musulmonchilikka chaqirib shunday degan: "Bilasizlarmi, siz kabi odamlar o‘z millatini sharmanda qiladi. Mana siz kabilar xalqlar orasida nizo keltirib chiqaradilar. Axir, hammangiz musulmonsizlar-ku".

Qirg‘iz Facebook foydalanuvchilari Karimov tanqidini O‘zbekistonning Qirg‘izistonga bo‘lgan "g‘arazi" sifatida qabul qildilar deb aytish mumkin.

"Qirg‘izistonning Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga qo‘shilgani O‘zbekistonga yoqmayapti, chunki, biz chegara, suv va gaz masalalarini Rossiya orqali hal qilib olsak bo‘ladi," deb izoh qoldirgan "Kamil Shamyrkanov". Deyarli bir xil fikrni "Nurgul Nurgul" bildirgan. "Men buni ko‘rdim va o‘ylaymanki Atambayev hammasini aniq va tiniq aytdi. Karimov shunchaki bizning prezident Putinga yaqin bo‘lgani va biz Bojxona Ittifoqiga qo‘shilayotganimiz uchun hasad qilmoqda. Atambayev hech kimni Karimov aytganidek ayblagani yo‘q. Putin, Nazarboyev va boshqa prezidentlar ham Karimovdan xursand bo‘lmadilar. U qandaydir be‘mani gapirdi, buxgalteriya va boshqalar haqida, shu to‘g‘rimi? U Qirg‘izistonga nisbatan hasad va nafrat bilan kasallangan!!! Atambayevga hurmatlarim, munosib ravishda turib berdi!!!". "Alan Xollms" esa shunday qo‘shimcha qilgan: "Karimov zolim. Kim Karimovni qo‘llasa, o‘sha odamning Andijon voqealaridan xabari yo‘q. Albatta, Qirg‘iziston endi Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqining to‘laqonli a‘zosi va bu Karimovga judayam yoqmayapti".

"ASultan AS" nomli faol Prezident Karimovga xayrixohlik bildirgan. "Prezident Atambayev, shaxsan iltimos qilaman, ovozingizni o‘chiring, iltimos. Bu holatda, qanchalik achinarli bo‘lmasin, men qo‘shni davlat rahbari Karimovni qo‘llayman," deb yozgan u. "Erik Erikov" shunday degan: "Karimov hech kimni koyimadi. U o‘zining fikrini bayon qildi va o‘ylaymanki, u Ukrainada urushni to‘xtatish vaqti kelganini aytishdan qo‘rqmadi".

Xayrixohlik bildirganlar orasida "Almaz Alzhambaev" shunday izoh qoldirgan: "Eshitinglar... Agar Atambayev Qirg‘iziston sha‘n va sharafini Karimov oldida himoya qila olganida maqtasak arzir edi. Bu holatda Atambayev Karimov paradga borishni xohlamasligini tanqid qilib Putinga laganbardorlik qilishga qaror qildi, xolos va Karimov unga javob qaytardi". "Erenek King" shunday deb qo‘shib qo‘ygan: "Almazbek Shershenovich Atambayev har doim Qirg‘izistonni sharmanda qiladi! Ex, men juda uyatdaman!)) Putinning ishonchli a‘yoni)))".

Atambayevni qo‘llab-quvvatlaganlar esa quyidagilarni yozib qoldirishgan: "Kanat Erikovich" - "Qanday holat bo‘lmasin, men o‘z hukmdorimni qo‘llayman". "Asanbaev Kenjebek" - "Bizning prizident Atambayev eng zo‘r prezident, barakalla".

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq