Nepalda yana kuchli zilzila ro‘y bergan

Image copyright Kashish Das Shreshtha

AQSh Geologiya xizmati xabar berishicha, Nepalda yuz bergan yangi zilzilaning kuchi 7,3 balga teng bo‘lgan.

Seysmologlarning ma‘lumotlariga binoan, zilzila markazi mamlakat g‘arbidagi Namcha Bozor tumanidan 68 km masofada, Xitoy chegarasi va Everest tog‘lari yaqinidadir.

Mutaxassislar yer osti silkinishlari o‘chog‘i 18,5 km chuqurlikda joylashganini aytganlar.

Guvohlarga ko‘ra, zilzila kuchi qo‘shni Hindiston poytaxti Dehlida va Bangladesh hududida ham sezilgan.

Nepal poytaxti Katmandu aprel oyi oxirida ham qattiq yer silkinishlari bois vayronagarchiliklarni boshdan kechirgandi.

Image copyright EPA

Mahalliy vaqt bilan 12.35 da zilzila boshlanganda, ko‘plab odamlar darhol ko‘chalarga yugurib chiqishgan.

BBC muxbiriga ko‘ra, silkinishlar ancha payt sezilib turgan.

BMTning insonparvarlik masalalari bo‘yicha boshqarmasi poytaxt Katmanduda qator turar joy binolari qulab tushganini xabar qiladi.

Image copyright AFP

Muhojirlik bo‘yicha xalqaro tashkilot Chautara shahrida qulab tushgan binolar ostida odamlar borligini bildirgan.

Qutqaruvchilar vayronalar ostidan bir necha jasadlarni topganlar. Chautarada shuningdek, bir necha yer ko‘chishi ham sodir bo‘lgan.

25 aprelda Nepalda yuz bergan 7,9 ballik zilzila oqibatida qurbonlar soni 8,4 mingga yetgan. 17 mingdan ortiq inson turli darajada jarohatlangan.

Mutaxassislar o‘shanda hududda yer silkinishlari qaytalanishi ehtimolidan ogohlantirganlar.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq