Karachida qurollangan shaxslar 43 yo‘lovchini otib o‘ldirdi

Image caption Karachi shahri xaritada

Pokistonning Karachi shahrida qurolli shaxslar Ismoiliy shialari tushgan avtobusga hujum qilgan.

Karachi politsiyasiga ko‘ra, bu qonli hujum oqibatida kamida 43 kishi qurbon bo‘lgan. Aksariyati ayollar va yosh yigitlar bo‘lishgan.

Politsiya zobitlarining aytishicha, kamida olti nafar qurollangan shaxs mototsikllarda avtobusni to‘xtatishgan va yo‘lovchilarni ajratmasdan otib tashlashgan.

"43 kishi qurbon bo‘ldi, ular orasida ayollar ham bor", deb aytgan politsiya voizi Atiq Shayx Reuters axborot agentligiga.

Pokistonning shia mazhabidagi ozchilik aholisi sunniy jangarilarning davomiy nishoniga aylangan.

Hozirga qadar biror bir guruh ayni hujum yuzasidan mas‘uliyatni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq