O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish Qozog‘istondagidan yuqorimi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekiston hukumatini mamlakatdagi, jamg‘arma ta‘biricha, sog‘lom iqtisodiy o‘sish sur‘atlarini ushlab turish uchun xususiy sektordagi islohotlarni jadallashtirishga chaqirgan.

Jamg‘arma bayonotida aytilishicha, o‘tgan yili O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 8.1 foizga, joriy yilning birinchi choragida esa 7 yarim foizga o‘sgan.

Bu Qozog‘istondagi iqtisodiy o‘sishdan uch barobar, Rossiyadagidan esa to‘rt barobar ko‘p demakdir.

O‘zbekiston moliya vazirligining sobiq mulozimi Saparboy Jubayev Xalqaro valyuta jamg‘armasi bergan raqamlarni savol ostiga oladi.

Uning aytishicha, XVJ O‘zbekiston Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirliklari hamda statistika idoralari bergan rasmiy raqamlarga ishonadi.

"Bunday o‘sish nafaqat Qozog‘iston, Xitoyda ham yo‘q. Agar oxirgi 7-8 yilda O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘sish haqiqatan ham 7-8 foizni tashkil etganida, jon boshiga daromad keskin oshib ketgan bo‘lar edi. Afsuski, biz buni ko‘rmayapmiz", - deydi qozog‘istonlik iqtisodchi.

Shu hafta O‘zbekistonga tashrifini yakunlagan XVJ missiyasiga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati "qo‘shimcha pragmatik choralar"ni ko‘rish, jumladan, valyuta cheklovlarini yumshatishiga ishora qilgan.

Ayni paytda Ovro‘poda tiklanish va taraqqiyot banki Rossiyadan mehnat muhojirlari uylariga yuborayotgan mablag‘lar 2009 yildagi darajaga tushib ketganini ma‘lum qilgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio