Kobuldagi hujumda kamida 14 kishi qurbon bo‘ldi

Image copyright AP
Image caption Hujumga uchragan mehmonxona qarshisidagi xavfsizlik kuchlari

Afg‘oniston politsiyasiga ko‘ra, Kobuldagi mehmonxonaga hujum oqibatida kamida 14 kishi qurbon bo‘lgan.

Bu hujum ayni mehmonxonada o‘tishi rejalangan kontsert oldidan ro‘y bergan.

Mehmonlar orasida o‘nlab xorijliklar ham bo‘lgani aytiladi.

Hindiston va AQSh mulozimlariga ko‘ra, qurbonlar orasida bir amerikalik va ikki nafar hindistonlik bor.

Palas Park Hotelga uyushtirilgan qurolli hujumda yana besh kishi yaralangani ma‘lum qilingan.

Ikki qurollangan hujumchi ham qurbonlar orasida ekani aytiladi.

Politsiyaga ko‘ra, ikkovlon xudkushlik hujumini amalga oshirishidan avval otib o‘ldirilgan.

Toliblar ayni hujum uchun mas‘uliyatni o‘z zimmasiga olgan.

"Bu hujum ehtiyotkorlik bilan rejalangan, nishon esa muhim shaxsiyatlar va amerikaliklar ishtirok etadigan bazm edi”, deyiladi Toliblar tarqatgan bayonotda.

Ayni hujum Chorshanba kuni kechqurun boshlangan va besh soat davom etgan.

Xabarlarga ko‘ra, Afg‘on xavfsizlik kuchlari mehmonxonani xonama xona ishg‘ol qilishganidan keyin otishma to‘xtagan.

Xavfsizlik kuchlariga ko‘ra, mehmonxona bog‘idagi bazmda ellikdan ortiq mehmonlar bo‘lishgan.

Xabarlarga ko‘ra, qurollangan shaxslar ham xonama xona yurib xorijliklarni qidirishgan.

BBC muxbiri Devid Loynga ko‘ra, o‘tmishda bu kabi hujumlar uchun Pokiston ayblanilgan.

Ammo bu safar ayni hujum har ikkala davlat o‘rtasida munosabatlar iliqlashgan paytga to‘g‘ri kelmoqda.

Buning ustiga Toliblar bilan kelishuvga erishish mujdalari ham o‘rtaga chiqayotgandi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq