Rossiyada Putinning imperator qiyofasidagi haykali paydo bo‘ldi

Sankt-Peterburg yaqinidagi Agalatovo qishlog‘ida Vladimir Putinning Rim imperatori qiyofasida ishlangan byustining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan.

Prezidentning ko‘ksi Rossiya gerbi tushirilgan medalь bilan bezalgan.

Xabarlarga ko‘ra, skulьpturaning boshiga g‘alaba toji sifatida bilingan dafna yaprog‘idan chambar o‘rnatish ham rejalangan, ammo pirovardida bu g‘oyadan voz kechilgan.

Yodgorlik o‘rnatish tashabbusi Sankt-Peterburg shahar kazaklar jamiyatidan chiqqan.

Jamiyat atamani Andrey Polyakovning fikricha, "ushbu obraz Rossiya demokratiyasini aks ettiradi".

Polyakovning so‘zlariga ko‘ra, yodgorlik o‘rnatish g‘oyasi unda Rossiya Qrimni annektsiya qilishidan so‘ng paydo bo‘lgan.

Janob Polyakov Qrimning annektsiyasini "rus tuproqlarining qaytarilishi" deb tushunishini aytgan va uni Berlin devorining qulashiga tenglashtirgan.

Kazaklar tez orada byustni ko‘paytirish va bu safar uni bronzadan quyishga va‘da berishgan.

Byust atamanning xususiy yerida o‘rnatilgani uchun hokimiyatdan hech qanday ruxsat kerak bo‘lmagan.

Rossiya matbuotining xabarlariga ko‘ra, yodgorlik haykaltarosh Pavel Greshnikovning ustaxonasida yaratilgan.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio