Solijon Sharipov: "O‘zbek palovini Oyda ham yeyishmoqda"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Britaniyalik astronavt Tim Pik maktab o‘quvchilarini fazoda oziq-ovqat ekinlarini yetishtirishga doir tajribada qatnashishga taklif qilgan.

Tajribada orbitaga olib chiqilgan rukkola (salatlarda ishlatiladigan karamdoshlar oilasiga mansub o‘simlik) urug‘ini yerga qadab, ularning o‘sishini normal rukkola o‘simligining o‘sishi bilan qiyoslanadi.

Pikning aytishicha, agar insoniyat olis sayyoralarga sayohat qilib, ularda yashashni istasa, fazoda oziq-ovqat ekinlarini o‘stirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Tajribaga Qirollik Botanika Jamiyati hamda Britaniya Fazo Agentligi bosh-qosh bo‘ladi.

Tim Pik shu yil oxirida Xalqaro Fazo Stantsiyasiga olti oylik safarini boshlaydi.

U o‘zi bilan birga 1 milliondan ko‘proq rukkola urug‘larini fazoga olib chiqadi.

Fazogir Yerga qaytgach, bu urug‘lar 10 mingdan ortiq ko‘ngilli maktab bolalariga tarqatiladi.

Bolalar olti oy mobaynida fazodagi muhit bu urug‘larga biron-bir shaklda ta‘sir ko‘rsatib-ko‘rsatmaganini aniqlashlari kerak bo‘ladi.

Image caption Tim Pik shu yil oxirida Xalqaro Fazo Stantsiyasiga olti oylik safarini boshlaydi

Britaniyalik fazogirning aytishicha, tajriba natijalaridan fazo agentliklari olib borayotgan tadqiqotda foydalanish rejalangan.

Tadqiqotdan maqsad bir kun kelib, fazogirlar o‘zlari iste‘mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarini fazoda yetishtirish imkoniga ega bo‘ladilarmi, degan savolga javob topishdir.

Ovro‘po Fazo Agentligiga ko‘ra, har bir fazogir bir kunda 5 kilogramm oziq-ovqat iste‘mol qiladi.

Bu oziq-ovqat ta‘minoti ularga Yerdan yetkazib beriladi.

Ammo insoniyat kelajakda Oyni doimiy o‘zlashtiradigan bo‘lsa, unga oziq-ovqat yetkazib berish haddan tashqari qimmatga tushadi.

Shuningdek, Marsga borib-qaytishning ham imkoni bo‘lmaydi.

Insoniyat fazoni zabt etgan 1960-yillardan e‘tiboran bu kabi tajribalar o‘tkazib kelingan.

Mashhur o‘zbek fazogiri Solijon Sharipovning aytishicha, uning o‘zi fazoda no‘xat o‘stirish tajribasini amalga oshirgan.

BBC bilan suhbatda asli o‘zgenlik fazogir O‘zgenning mashhur guruchini fazoda o‘stirib ko‘rmagani, ammo "Mir" stantsiyasida amerikalik va rossiyalik fazogirlar bilan birga O‘zgen guruchidan tayyorlangan oshni yeganliklari haqida gapirib berdi.

Uning aytishicha, o‘zbek palovi yaqinda rossiyalik fazogirlarning ratsioniga ham kiritilgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio