Kann festivaliga poshnasiz borish mumkin emasmi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Kinorejissyor Valeriya Rixter Kann filmfestivaliga poshnasiz poyafzalda kelgani uchun to‘xtatilganini aytgan.

Chap oyog‘i kaftining bir qismi amputatsiya qilingan ijodkorning BBCga aytishicha, qizil gilam mas‘ullari uning oyoq kiyimini ko‘rsatib: "Yo‘q, yo‘q, bu ishlamaydi, siz bu taxlit ichkariga kira olmaysiz", deyishgan.

Valeriya Rixter oxirida festivalga qo‘yilgan. Hodisa ortidan, Kann poshnasiz tuflida kelgan ayollarga orqa o‘girishda ayblangan.

Ammo, Kann festivaliga ko‘ra, rasmiy kiyim tartibida ishtirokchilarning baland poshnada bo‘lishi shartligi talab qilinmagan.

Festival voizining aytishicha, hozir xodimlarga bu eslatilgan va tekis tuflida kelganlarni gap-so‘zsiz kiritish aytilgan.

Ammo, tadbir ishtirokchilarining bir nechasi ayollarning to‘xtatilayotganiga guvoh bo‘lganlar.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio