BBCga aytaman: O‘zbekistonda "qora bozor" o‘yinlari

Image copyright AP

O‘zbekistondagi "qora bozor"da dollar narxi tushishi Markaziy Bankni sarosimaga solib qo‘ydi, desak adashmaymiz.

Har holatda ham Bosh vazirga yuborilgan xatning ommalashib ketishi birinchi bor kuzatilmoqda va ta‘sirdan hol bo‘lmasligi mumkin emas.

Oxirgi hafta dollar narxi pasayib, 4,000-4,100 so‘mgacha tushib ketdi. Bugungi kunda esa, narx yana eski holiga - 4,900-5,000 so‘mga ko‘tarilish oldidan qayd etilgan 4,300-4,400 so‘mga chiqib oldi.

G‘arbning Rossiyaga qarshi sanktsiyalari avvliga O‘zbekistonga ta‘sir qilmayotgandek ko‘ringan edi.

Nachora, nosog‘lom bozor muhiti o‘zini bir bahya o‘tmasdan ko‘rsatishga ulgurdi.

Rossiyadan "dangasa"lar qaytishi ortidan, hatto, Markaziy Bankning hukumat darajasidagi xati, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib ketdi.

Xatda Bosh vazir naqd pul yo‘qligidan ogohlantirilgandi. Keyinroq esa, Markaziy Bank valyuta ayirboshlashni kamida uch oyga to‘xtatib qo‘ygani, o‘zbek banklari xorijdan yuborilgan dollarlarni egasiga bermaëtgani va naqd pul taqchilligi bois pensiyalar berish kechiktirilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Bu xabarlarga Markaziy Bank e‘tiroz bildirdi, jumladan, bank milliy valyuta ayirboshlash har doimgidek davom etayotganini ta‘kidladi.

Keyin bank Rossiya ommaviy axborot vositalaridan O‘zbekistondagi dollar bozori bilan bog‘liq xabarni rad qilishni talab qildi.

Tarqalishda davom etayotgan xabarlarga qarasak, Milliy Xavfsizlik Xizmati bu masalaga qarshi choralarini kuchaytirgan.

Joriy yilning fevral oyida 3 milliondan ortiq dollarni qo‘shni Qirg‘izistonga noqonuniy ravishda olib o‘tayotgan guruh Bekobodda qo‘lga olingan.

O‘tgan hafta asnosida esa, Bekobod tuman sudi 1.8 million dollardan ko‘p pulni Tojikistonga noqonuniy olib o‘tishga uringan guruh vakillariga 6-7 yillik qamoq jazolari tayinlagani, Toshkentlik guruh 33ta plastik kartochkada 66,000 dollarni Turkiyaga olib o‘tishga urinayotgan payti qo‘lga olinib katta miqdorda tavon to‘lagani haqida xabar qilindi.

O‘zbekiston Senati oxirgi yig‘inida ko‘rib chiqilgan mavzu esa, mavhum qolmoqda.

Mavhumlik shundaki, Senat yig‘ilishi natijalarida hukumatga umumiy qancha zarar bo‘lganini qayd qilish unutilgan ko‘rinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2014 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni muhokama qilgan Senat davlat yoki xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning manfaatlariga yetkazilgan 81,5 milliard so‘mlik zararning o‘rni qoplanishiga erishilganini qayd qilgan.

Ushbu ko‘rsatkichlar mamlakatda naqd pul taqchilligiga bevosita bog‘liqligi hammaga ayon.

Umuman olganda, bunday holatda xalq manfaati uchun qilinayotgan ishlar muhim ahamiyatga ega.

"Qora bozor"dagi bo‘layotgan ko‘z bo‘yamachiliklarga yaqin orada chek qo‘yiladi degan umiddamiz.

Maxsus zirhli avtobuslar bilan ta‘minlangan militsiya hodimlari poradan uzoqlashib, o‘z ishlariga insof bilan yondoshishlari, turli vakolatga ega parlament deputatlari o‘z ishlarini sidqidildan bajarishlari, hukumat va Markaziy Bank "ochiq o‘yin" qilishiga, albatta, bularning ustidan nazorat kuchaytirilib, O‘zbekistonda yashash sharoitlari bundan-da, yaxshi bo‘lishiga umid qilib qolamiz.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq