O‘zbeklar ketmonga yangicha vazifa yuklashdi

Image copyright none

Zamonaviy qurulmani oling-da, unga qadimiy dehqonchilik asbobiga ulang-chi, nima hosil bo‘ladi?

Ey, barakalla, o‘zbekona selfi tayoqchasi...

Yaqinda o‘zbeklar selfi tayoqning o‘rnini o‘zlaridagi ketmon ham bosaverishi mumkinligini ko‘rsatib qo‘yishdi.

Ushbu siyosiy karikaturani qanday talqin qilish esa, o‘zingizga havola.

Ammo, qadimiy dehqonchilik an‘analarini anchayin yaxshi saqlab qolgan xalq uchun ketmon o‘ta ramziy ma‘no kasb etadi.

O‘zbekistondagi iqtisodiy tebranishlari manzarasida "ketmon" so‘ziga yana yangicha mazmun mohiyat yuklana boshlandi.

Paxta O‘zbekistonning eng ko‘p eksport qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsuloti hisoblanadi. Biroq, iqtisod gaz va boshqa tabiiy zahiralar savdosiga ham suyanadi.

Ukrainadagi inqiroz ortidan G‘arb tomonidan joriy qilingan jazo choralari Rossiyaning asosiy tijoriy hamkorlaridan biri O‘zbekistonga ziyon yetkazmay qo‘ymadi.

Bularning barchasi o‘zbek so‘mining qora bozorda qadrsizlanishiga yetakladi.

Bunga javoban, ba‘zi uddaburon o‘zbeklar o‘z smart telefonlarini ketmonga bog‘lab olishdi.

Bu bilan o‘zbekona asbob turgan joyda xorijda ishlab chiqarilgan o‘z-o‘zini suratga oluvchi tayoqchaga hojat yo‘qligi hajviy yo‘lda bildirildi.

Suratni internetdagi minglab odamlar bo‘lishdilar.

Image copyright none

Ayrimlar telefon ketmonga bir dasta o‘zbek so‘mi bilan bog‘lansa, yana ham yangicharoq ko‘rinish berish mumkinligini aytishdi.

Ammo, o‘zbek dehqonining ketmoni ijtimoiy tarmoqlarda ilk bor mazmun mohiyatini o‘zgartirgan holda qo‘llanilayotgani yo‘q.

Prezidentlik saylovlari oldi ketmon aks etgan suratlar WhatsApp va Odnoklassniki ijtimoiy muloqot tarmog‘ida yashin tezligida tarqalib ketdi.

U gal esa, asosan mustaqil O‘zbekiston tarixidagi yagona Prezident Islom Karimovning o‘rniga da‘vogarlik qilganlardan biri - Hotamjon Ketmonov hajv qilingandi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq