UzWebiston: Facebookchilar toshkentlik oyoqsiz taksistni olqishlashmoqda

O‘zbek Facebook foydalanuvchilari ijtimoiy himoyaga umid bog‘lamasdan non puli topib kelayotgan toshkentlik taksistni olqishladilar. Kuni kecha oyoqsiz bir haydovchining qo‘lbola moslamalar yordamida Toshkent ko‘chalarida taksi haydab kun ko‘rayotgan aks etgan rasmi Facebook guruhlarida tarqaldi va qizg‘in suhbatlarga sabab bo‘ldi.

"Voditeli Tashkenta" hamda "Only in Uzbekistan" guruhlarda chop qilingan sur‘at, bir kun ichida mingdan ortiq foydalanuvchilarga manzur bo‘lgan. Bu albatta tahminan 360,000 Facebook foydalanuvchilari bor mamlakat uchun katta ko‘rsatgich.

Ko‘pchilik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu haydovchini "haqiqiy erkak" deya olqishlashgan va unga o‘z hurmatlarini bildirishgan. Faollar haydovchiga sog‘liq-salomatlik va uzoq umr tilashgan. Hattoki, ba‘zi Facebook faollari bu haydovchini chaqirib, hizmatidan foydalanishga undashgan.

Jumladan, "Sergey Saakyan" nomli foydalanuvchi shunday degan: "Bu kishi oyog‘i bor matiz taksistlariga qaraganda tartib bilan yurar ekan".

"Nasiba Abdullaeva" esa o‘zbek deputatlarini bunday ayanchli ahvolga sababchi deb bilgan. "Menimcha bunday sur‘atlarni chop qilish odobdan emas. Bizning yurtimizda past nafaqa va pensiyalar berilganidan keyin bu bechora nima qilsin? Deputatlar bu haqida o‘ylashlari lozim. Ular katta yoshdagilar va nogironlar uchun yaxshi ijtimoiy dasturlar ishlab chiqishlari kerak".

"Temur Xakimov" esa haydovchini tilamchilik qilmasdan oilasini shu yo‘sinda boqayotganini olqishlagan. "Bu kishiga piyanista bo‘lib qolmagani, umidsiz bo‘lib o‘zini yo‘qotmagani va yer osti yo‘laklarida tilamchilik qilmagani uchun rahmat. O‘z oilasini boqish uchun u qo‘lidan kelganini qilmoqda, bu haqiqiy erkakning ishi. Tog‘a sizga rahmat! Sizga omad, sog‘lik va uzoq umr tilayman!".

"Barakalla! Hamma bu qiyinchiliklar davrida qo‘lidan kelgancha yashamoqda", deb qo‘shimcha qilgan "Aleksandr Nuyanzin".

O‘zbekistonda taksi bozori ishsizlik yuqori darajada bo‘lgani uchun juda ommalashgan. Deyarli har bir haydovchi yo‘l-yo‘lakay kira qilishdan bosh tortmaydi.

Mamlakatda ish o‘rinlari kamligi tufayli ko‘pchilik o‘zbeklar Rossiyada ishlab oila boqishadi. O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari ichida Rossiyadagi ishchi fuqarolari soni bo‘yicha birinchi o‘rindadir.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Your contact details
Disclaimer