"Qrim tatarlari rahbari Refat Chubarov bo‘lginchi"

Image copyright AP

Qrim tatarlari Majlisi raisi Refat Chubarovga qarshi bo‘lginchilikka oid jinoyat ishi ochilgan.

Qrim prokurori Natalya Poklonskaya so‘zlariga ko‘ra, Refat Chubarovga qarshi "Rossiya Federatsiyasi hududiy yaxlitligini buzishga chaqiriq" bandi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.

Unga nisbatan qidiruv e‘lon qilingan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga janob Chubarovning ommaviy axborot vositalaridagi chiqishi asos bo‘lgan.

Refat Chubarov 2013 yildan boshlab Qrim tatarlari Majlisining rahbari hisoblanadi.

Image caption Refat Chubarov va Mustafo Jamil Qrim o‘g‘lining Qrimga kirishlari taqiqlangan

Janob Chubarov va Qrim tatarlarining uzoq yillardan buyon lideri bo‘lib kelgan Mustafo Jamil Qrim o‘g‘lining o‘z vatanlari - Qrimga kirishlari taqiqlangan.

Ular Ukraina hududida istiqomat qiladilar.

2014 yil martida Rossiya Ukraina tarkibidagi Qrim yarim orolini o‘ziga qo‘shib olgan.

Rossiyaning anneksiyasiga qarshi bo‘lgan va Qrim Ukrainaga qaytishi lozimligini ta‘kidlab keladigan Qrim tatarlari rahbarlarining yarim orolga kirishi ma‘n etilgan.

Rossiya nazoratidagi Qrim rasmiylariga ko‘ra, bunga go‘yoki millatlararo nizoga chaqiriqlar sabab bo‘lgan.

Refat Chubarov Ukraina parlamenti deputati, u 15 may kuni Oliy Radi deputatligiga qasamyod qildi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Your contact details
Disclaimer

Bu mavzuda batafsilroq