Mojaro ichida qolgan FIFA yangi rahbar uchun ovoz bermoqda

Image copyright PA
Image caption FIFA prezidentligiga nomzodlar

Bugun Shveytsariyaning Tsyurix shahrida FIFAning 209 a‘zosi yangi prezident uchun ovoz beradi.

Jarayon federatsiyaning qator mulozimlari korruptsiya bilan bog‘liq ayblovlar bilan hibsga olinganidan ikki kun o‘tib kuzatilmoqda.

FIFAning joriy Prezidenti Sepp Blatter yana besh yillik muddatga qayta saylanish ilinjida. Ammo, unga Iordaniya shahzodasi Ali bin al-Husayn raqiblik qilmoqda.

Tsyurix shahridagi yig‘inning ikkinchi kunini ochib berar ekan, janob Blatter ishtirokchilarga FIFA "mushkul vaqt"ga yuz tutib turganini aytgan.

Korruptsiya ayblovlari bilan bog‘liq hibslar ortidan FIFA Prezidenti Sepp Blatterga xalqaro bosimlar ortgan.

UEFA Prezidenti Mishel Platini va Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron Sepp Blatterni iste‘foga chiqishga chaqirganlar.

Ammo, Sepp Blatter mojaroga mas‘ul emasligi va korruptsiyaga qarshi kurashishni istashini aytgan.

"Hodisalar FIFA va kongressga soya solmoqda. Bu soyani aritishga harakat qilaylik", deb aytgan Blatter janoblari.

"Keling, dunyoga FIFA degan tashkilotni boshqarishga qodirligimizni ko‘rsataylik, biz buni birga qila olamiz", deb aytgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq