Saudiya Arabistoni yana hujumga sahna bo‘ldi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Saudiya Arabistonidagi shialar masjididagi xudkushlik hujumi oqibatida kamida to‘rt inson halok bo‘lgan.

Rasmiylarga ko‘ra, Sharqiy viloyatning Dammam shahridagi masjid tashqarisida to‘xtatilgan avtomobil portlagan.

Hayotdan ko‘z yumganlardan biri mashina haydovchisi ekaniga ishonilmoqda.

Dammam Saudiyaning aksar shialar istiqomat qiladigan shahri.

Bu - viloyatda juma namozi nishonga olingan ikkinchi hujum.

O‘tgan hafta al-Qadeyeh qishlog‘idagi Imom Ali masjidida juma ibodati paytida amalga oshirilgan portlashda 12 inson halok bo‘lgan, hujum uchun mas‘uliyatni "Islomiy Davlat" o‘z zimmasiga olgan edi.

Image copyright Reuters
Image caption Shialar asosan Sharqiy viloyatda yashaydilar

"Islomiy Davlat" Saudiya Arabistonini Suriya va Iroqda IDga qarshi havo hujumlari uyushtirayotgan AQSh yetakchiligidagi koalitsiya tarkibida bo‘lgani uchun tahdid qilgandi.

Saudiyaliklar Arab davlatlari ittifoqi safida Yamanda ham shia isyonchilariga qarshi havo amaliyotlari olib bormoqda.

Mamlakatning o‘zidagi shialar asosan Sharqiy viloyatda yashashadi.

Yaqinda shialar haqlarini ta‘minlash yo‘lida ko‘proq amallarga qo‘l urishi talabi bilan norozilik chiqishlari uyushtirilgandi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq