Tojikistonlik sobiq polkovnik Interpolga berildi

Image copyright YOU TUBE

Tojikiston hukumati Ichki ishlar vazirligi maxsus militsiya otryadi - OMONning sobiq qo‘mondoni Gulmurod Halimovni Interpol xalqaro qidiruviga bergan.

Bu haqdagi rasmiy ma‘lumot xalqaro politsiya tashkiloti - Interpolning vebsahifasida e‘lon qilingan.

Shu yilning aprel oyida bedarak ketgan Gulmurod Halimov o‘tgan hafta "Islomiy Davlat" jihodchi guruhi safiga qo‘shilganini e‘lon qilgandi.

Internet orqali tarqalgan videoda Halimov o‘z qarorini namoz o‘qish va islomiy kiyimda yurishga ruxsat bermayotgan tojik hukumatining amallariga norozilik sifatida izohlagandi.

Suriyada tasvirga olingani taxmin etilgan videoda u Tojikistondagi tuzum xizmatchilari va tojik mehnat muhojirlarini "Islomiy Davlat" guruhi safiga qo‘shilishga undagan.

40 yoshli Gulmurod Halimov ӯtgan yili Tojikiston Ichki ishlar vazirligi buyrug‘iga kӯra, polkovnik rutbasini olgan.

Uch yil oldin u Tojikiston Ichki ishlar vazirligining maxsus vazifalarni bajaruvchi otryadiga qo‘mondon qilib tayinlangandi.

Bundan tashqari, Halimov o‘z faoliyati davomida Rossiya va AQShda maxsus tashkil qilingan harbiy tayyorgarliklardan ham o‘tgan.

Avvalroq, Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti matbuot kotibi Si-en-en bilan intervyusida Gulmurod Halimov aksilterror amaliyotlar bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tash uchun Amerikaga bir necha marta borganini tasdiqlagan.

Sobiq polkovnik Halimov Yaqin Sharqdagi "Islomiy Davlat" safiga qo‘shilganini e‘lon qilishi ortidan Tojikiston Oliy mahkamasi ushbu jangari guruhni "terrorchi", deb e‘lon qildi.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio