Vilders Islom payg‘ambari hajv qilingan karikaturalarni namoyish qilmoqchi

Image copyright AP
Image caption "Erkinlik uchun partiya" yetakchisi Vilders Islom va muhojirlikka qarshi keskin nafratomuz chiqishlari bilan tanilgan

Hollandiyalik aksil-islomiy qarashlarga ega siyosatchi Giirt Vilders televizion dasturning o‘z partiyasi uchun ajratilgan qismida Muhammad payg‘ambar (s.a.v) hajv etilgan karikaturalarni namoyish etish niyatida ekanini aytgan.

Islom dini payg‘ambari hajv etilgan ushbu karikaturalar o‘tgan oy Texasdagi ko‘rgazmada tanlovga qo‘yilgandi.

Giirt Vilders ikki shaxs tomonidan qurolli hujumga tutilgan tadbirda asosiy nutqni irod qilgan.

Hollandiya parlamenti karikaturalarni o‘z binosida namoyishga qo‘yishdan bosh tortgan.

Giirt Vildersning aytishicha, shundan so‘ng, u suratlarni televizion orqali ko‘rsatishga qaror qilgan.

Muhammad payg‘ambar (s.a.v) hajv qilingan karikaturalar dunyodagi ko‘plab musulmonlari tarafidan og‘riqli qabul qilinadi.

Musulmonlar nazarida bu Islom diniga nisbatan haqoratdir.

"Terrorchilar hech qachon g‘olib chiqa olmasliklari va so‘z erkinligi Hollandiyada qanchalar muhim ekanini tushunib yetishlari lozim", deb aytgan Giirt Vilders o‘z bayonotida.

"Erkinlik uchun partiya" yetakchisi Vilders Islom va muhojirlikka qarshi keskin nafratomuz chiqishlari bilan tanilgan. U Qur‘oni Karimning Hollandiyada taqiqlanishiga chaqiradi.

2014 yil dekabr oyida u mamlakatdagi marokashliklar jamoasiga qarshi adovat qo‘zg‘ash ayblovlari bilan tergov qilinishi haqida ma‘lum qilingandi.

Karikaturalarga qarshi norozilik

3 may kuni Dallas yaqinidagi Islom dini payg‘ambari hajv etilgan karikaturalar tanlovini nishonga olgan har ikki hujumchi politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan. Hodisada bir politsiya hodimi jarohat olgan.

Dallasdagi ko‘rgazma "Erkinlikni himoya qilish uchun Amerika tashabbusi" tashkiloti tomonidan uyushtirilgan.

Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) hajv qilingan eng yaxshi krikatura uchun 10.000 AQSh dollari miqdorida mukofot puli ham e‘lon qilingan bo‘lgan.

2006 yil Daniyaning "Jyllands-Posten" gazetasi chop etgan shunga o‘xshash karikaturalar esa, dunyoning aksariyat musulmon davlatlarida ommaviy namoyishlarga sabab bo‘lgandi.

Yil boshida Frantsiyada Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) hajv etilgan karikaturalarni bosgan "Charlie Hebdo" jurnali ham islomchilarning hujumlariga uchragan, natijada, nashrning Bosh muharriri doxil 12 kishi qurbon bo‘lgandi.

Fevral oyi Daniya poytaxti Kopenhagenda so‘z erkinligi tarafdorlari tomonidan tashkil qilingan yig‘in ham qurolli hujumga tutilgan. Bir kinorejissyor nobud bo‘lgandi.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq