Turkiya hal qiluvchi saylovlarda ovoz bermoqda

Image copyright Reuters

Turkiyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda.

Saylovchilarning ovozi iqtidordagi partiyaning mamlakat konstitutsiyasini o‘zgartira olish-olmasligini hal qiladi.

2003 yildagi saylovlarda Bosh vazir sifatida hokimiyatga hokimiyatga kelgan Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiyada prezidentlik boshqaruvini joriy qilish uchun aksariyat ko‘pchilik ovozga umid qilmoqda.

Ammo agar kurdparast XDP partiyasi 10 foizlik to‘siqni oshib o‘tolsa, uning rejalari amalga oshmasligi mumkin.

Juma kuni Diyorbakirdagi XDP namoyishida yuz bergan portlashlar natijasida 4 inson halok bo‘lgan.

XDP rahbari Salohiddin Demirtosh Prezident Erdo‘g‘onning portlashlarga munosabatini tanqid qilgan.

Agar so‘l qanot XDP birinchi marta parlamentda o‘rin ololsa, bu janob Erdo‘g‘onning Adolat va Taraqqiyot partiyasi- AKP egalik qiladigan o‘rinlar sonini kamaytiradi.

Muxbirlarga ko‘ra, muxolifatdagi Jumhuriyatchi xalq partiyasi (JXP) va uchinchi o‘rindagi Milliyatchi harakat partiyasi (MHP) yaxshi natijalarni qo‘lga kiritadigan bo‘lsa, AKP koalitsion hukumat tuzishga ham majbur bo‘lishi mumkin.

Istanbuldagi Bi-bi-si muxbiri Mark Louennning aytishicha, yakshanba kungi saylovlar AKP hokimiyatga kelganidan buyon yuz tutayotgan eng jiddiy sinovdir.

Unga ko‘ra, Turkiyada iqtisodiy o‘sish sekinlashgan, tanqidchilar esa Prezident Erdo‘g‘onni "erkin matbuotga hujumlari va G‘arb bilan ko‘priklarini yoqqani" uchun tanqid qilishadi.

Turkiya beqaror Yaqin Sharqda NATOning muhim a‘zosi va Islom hamda demokratiya uyg‘unligining nodir o‘rnagidir, deydi muxbirimiz.

Image copyright EPA
Image copyright Reuters
Image copyright AP

Taqiqlar

Saylovlarda 20 partiya va 165 nafar mustaqil nomzodlar ishtirok etishmoqda.

Turkiyadagi saylovchilarning umumiy soni 53 million 765 ming.

Ovoz berishlar mahalliy vaqt bilan ertalab soat 8 da boshlagan va 17 da nihoyasiga yetadi.

Saylov qonunchiligiga binoan, ovoz berish hududlari yopilgunicha ommaviy axborot vositalarining saylov natijalar haqida xabar tarqatishi, faraz va sharhlarni berishi taqiqlangan.

Saylov kuni erta soat 6 dan yarim tun-24.00 gacha spirtli ichimliklar sotish taqiqlangan, restoran va umumiy ovqatlanish yerlarida spirtli ichimlik berilmaydi va ko‘ngilochar maskanlar yopiq qoladi.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio