O‘zbekiston Ukrainaga javoban mahsulotlar uchun to‘lovlarni oshirdi

Image copyright UNIAN

Ukraina O‘zbekiston mahsulotlariga boj to‘lovlarini oshirishiga javoban O‘zbekiston ham ukrain mahsulotlariga to‘lovlarni oshirgan.

Ukrainaning Yevropeyskaya pravda nashri xabar qilishicha, bu haqida "Ukrkondprom" uyushmasining rahbari Aleksandr Baldыnyuk o‘zining Feysbukdagi sahifasida xabar tarqatgan va hujjat nusxasini chop qilgan.

Hujjatga binoan, joriy yilning 1 iyulidan boshlab 12 oy davomida Ukrainadan kelayotgan mahsulotlarning turlariga qarab 5% yoki 10% hisobida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.

O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan hujjatda mazkur qaror Ukraina hukumatining o‘xshash to‘lovlariga javob sifatida qabul qilingani aytiladi.

Janob Baldыnyuk Ukraina hukumati hali O‘zbekistonning bu amaliga munosabat bildirmaganini aytdi.

"Agar biz, avval va‘da qilganimizdek, yaqin orada qo‘shimcha to‘lovlarni bekor qilsak ham, O‘zbekistonning yangi qoidalari 2016 yil oxirigacha amalda qoladi. Undan tashqari, ularning bu amallariga Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari diqqat bilan qarashmoqda va biz uchun bu kabi amallar juda xavfli bo‘lishi mumkin, chunki Markaziy Osiyo biz uchun juda muhim bozor", - deb aytgan Baldыnyuk.

Ukraina tomoni 16 fevralda import mahsulotlari turlariga qarab 5% va 10% hisobida qo‘shimcha boj to‘lovlarini kiritgandi.

Verxovnaya rada bu qarorini mamlakatdagi to‘lov muvozanatini barqarorlashtirish niyati bilan izohlagan va u davlat byudjetiga qo‘shimcha 17,6 million grivna olib kelishini bildirgandi.

Ukraina savdo sheriklari orasida O‘zbekiston MDH davlatlari ichida 7-o‘rinni, uning jahon bozoridagi sheriklari orasida esa 44-o‘rinni egallaydi.

O‘zbekiston savdo sheriklari ro‘yxatida esa Ukraina MDH davlatlari ichida 3-o‘rinda, jahon bozoridagi sheriklari orasida esa 6-o‘rinda turadi.

Ukraina O‘zbekistonga asosan mashinasozlik mahsulotlari, xususan nasoslar, mashinalar, mahsulot tashuvchi qurilmalar, qishloq xo‘jaligi uskunalari, kranlar va klapanlarni eksport qiladi.

O‘zbekiston esa metallurgiya va yengil sanoat, xususan paxta mahsulotlarini Ukrainaga yetkazib beradi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio