Yunonlar mamlakati qarzi bo'yicha referendumda ovoz bermoqdalar

Image copyright Reuters

5 iyul ertalabki soat 7 dan Yunoniston kelajagi uchun o'ta muhim referendumda ovoz berish boshlangan, millionlab yunonlar mamlakatini moliyaviy inqirozdan olib chiqish maqsadidagi xalqaro yordam shartlarini qabul qilish yoki qabul qilmaslik borasida ovoz berganlar.

Yunoniston referendumi ilk natijalarining yakshanba kechroq ma'lum bo'lishi kutilmoqda.

Referendum byulletenida quyidagi savol yozilgan:

“25 iyun kuni Ovroguruhga Ovro'po Komissiyasi, Ovro'po Markaziy banki va Xalqaro Valyuta jamg'armasi tomonidan taqdim qilingan va ularning birgalikdagi taklifini anglatadigan kelishuv rejasi qabul qilinishi kerakmi yoki yo'q? Birinchi hujjat “Joriy dasturni nihoyasiga etkazish va undan keyingi davr uchun islohotlar” deb nomlanadi, ikkinchisi “Qarz barqarorligining dastlabki tahlili”.

Ushbu savolga referendum qatnashchilari “ma'qullanmagan/yo'q” yoki “ma'qullangan/ha” deb javob berishlari talab qilingan.

Yunoniston hukumati odamlarni “Yo'q” deb ovoz berishga chaqirgan.

Biroq referendumda “Yo'q” deb ovoz berishga qarshi bo'lganlar fikricha, aksar yunonlarning shunday ovoz berishi Yunonistonning Evro pul birligi hududidan chiqib ketishini anglatadi.

Referendum mamlakat aholisini ikkiga bo'lib qo'ygan.

Referendumdan bir kun oldin ko'p ming kishilik yirik namoyishlar tashkil qilindi, bu namoyishlarning birida Yunon hukumati mavqei dastaklangan bo'lsa, ikkinchisida xalqaro moliyaviy kreditorlarga yon bosish tarafdorlari to'plandilar.

Ovro'po Ittifoqi rahbarlari yunonlarni referendumda yo'q deb ovoz berishga chaqirganlar, aks holda bu Yunonistonning Evrozonadan chiqishini anglatadi.

Biroq referendum arafasida xalqqa telemurojaat bilan chiqqan Bosh vazir Aleksis Tsipras Ovro'po Ittifoqi tarkibidan chiqish niyatlari yo'qligini aytgan.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio