Suriyaga qochgan londonlik qizlarni erga berishgan

Image copyright Met Police

O'spirin qizlari Londondagi maktabdagi o'qishini tashlab Suriyaga ketib qolgan oilalar xabardor bo'lishicha, uch qizdan ikkitasi turmushga chiqarilgan. Bu haqda o'sha oilalar manfaatlarini himoya qilayotgan yurist Tasmine Akunji ma'lum qilgan.

Bu haqda o'sha oilalar manfaatlarini himoya qilayotgan yurist Tasmine Akunji ma'lum qilgan.

Tasmine Akunji ta'rif berishicha, qizlarining erga tekkani haqidagi xabardan ota-onalari "gangib qolganlar".

Londonda nashr qilinadigan Guardian ro'znomasi yozishicha, uch qizdan ikki nafari qarindoshlariga qo'ng'iroq qilganlar.

Ikki qiz o'zlarining nikoh marosimlari bo'lib o'tgani, erlarining yoshi 20 larda ekanini aytganlar.

Bu nikoh marosimiga o'zini "Islomiy Davlat" deb ataydigan guruhning rahbarlari ruxsat berganlar.

Nikohlarning "ID"ning poytaxtiga aylantirilgan Suriyaning Raqqa shahri ichi yoki atrofida bo'lib o'tgani taxmin qilinmoqda.

Oilalar qizlardan qaysi birlari turmushga chiqqanini oshkor etmaslikni so'raganlar, shu bois oila qurgan qizlar ism-shariflari e'lon qilinmayapti.

Image copyright Reuters

Uch londonlik qizning "ID"ga qo'shilish uchun ketib qolgani haqidagi xabar butun mamlakatni larzaga soldi.

16 yashar Kadiza Sultona, 15 yoshli Amira Abase va 15 yoshli Shamima Begum London sharqidagi Betnal Grin Akademiyasi o'quvchilari bo'lganlar.

Uch qiz 17 fevral kuni g'oyib bo'lib qoldilar.

Ularning "ID" safiga qo'shilish maqsadida ketib qolganlari taxmin qilindi va qidirish boshlandi.

Chindan ham Turkiyadagi avtostantsiyalardan birida o'rnatilgan kuzatuv kamerasi videosida uch qiz tushib qolgani topildi va ularning Turkiya chegarasidan oshib Suriyaga o'tib ketgani tasdiqlandi.

May oyida qizlar "Skayp" va telefon orqali qarindoshlariga qo'ng'iroq qilganlar va o'zlarining xavfsiz ekanlarini aytgan edilar.

Betnal Grin Akademiyasining o'quvchisi bo'lgan yana to'rt qizning ham Suriyaga ketib qolishlari mumkinligidan mahkama o'tkazilgan va mahkama bu qizlarga xorijga chiqishni taqiqlagan.

Image copyright AP

O'spirin qizlarning ota-onalari o'zlarining farzandlarini yo'ldan qaytarib qololmagani uchun politsiyani ayblaydilar.

Skotland-Yard ma'lumotlariga ko'ra, Suriya va Iroqdagi janglar boshlanganidan buyon 600 tacha britaniyalik o'sha hududlarga borgan.

Ularning yarmi ortga qaytgan deb ko'riladi.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio