'Gunohlardan holi' ijtimoiy tarmoq

Image copyright none

Braziliyada Injilparast nasroniylar guruhi so‘kinish va shahvoniy mohiyatga ega har qanday ma‘lumot va yo materiallarni bosish taqiqlangan ijtimoiy tarmoq tashkil qilgan.

Facegloria - Feysgloriya deb nomlangan ushbu sayt o‘tgan oy ishga tushirilgan.

Tashkilotchilarga ko‘ra, shu vaqt ichida tarmoqqa 100, 000 kishi a‘zo bo‘lib ulgurgan.

Feysgloriyada 600ta so‘zni yozish taqiqlanadi. Nashr qilingan izoh, surat yoki lavhani "Omin" tugmachasi bilan ma‘qullash mumkin.

2013 yil musulmonlar uchun Ummaland ijtimoiy tarmog‘i tashkil qilingan, hozirda 329,000ga yaqin a‘zoga ega.

Ushbu saytda ayollar va ilhombaxsh Islomiy iqtiboslar uchun qo‘shimcha privacy settings yoki "shaxsiy hayot daxlsizligi moslamalari" mavjud.

Da‘vat

Braziliyaning Facegloria tarmog‘i hozir faqat portugal tilida, ammo keyinroq boshqa tillar va mobil qurilmada ham ishlay boshlaydi.

Braziliyadagi rasmiy ma‘lumotlarga qaraganda, bu mamlakatda dunyoning eng ko‘p sondagi katoliklari istiqomat qilishadi.

Mamlakat aholisining faqat bir foizi xudosiz ekan.

"Facebook da pornografiya va zo‘ravonlik bor. Shuning uchun ham, biz Xudo haqida suhbatlar quradigan va uning so‘zini yoyinlaydigan bir tarmoq tuzishni istadik”, deydi dizayner Atilla Barros.

Ayni ijtimoiy tarmoqda hamjinsbozlik haqidagi ma‘lumot va yo boshqa materiallar taqiqlangan.

Barros ayni tarmoqqa 16 ming dollar sarmoya yotqizgan.

"Tarmog‘imiz globaldir. Biz Faceglory uchun ingliz va boshqa tillarda domenlar sotib oldik".

Internet olamida diniy tarmoqlar hozir ham mavjud.

Internet sahifalar ustasi Terri Devis o‘n yil ishlab nasroniy TempleOS qurilmasini yaratgan.

Ayni qurilma Injilga doir ma‘lumotlar bilan to‘lgan.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio