Afg‘onistonda ID rahbarlaridan yana biri o‘ldirildi

Image copyright bbc

Afg‘oniston Josuslik Agentligiga ko‘ra, o‘zini "Islomiy Davlat" deb atayotgan guruhning Afg‘oniston va Pokistondagi rahbari dron hujumida o‘ldirilgan.

Hafiz Said Afg‘oniston sharqidagi Nangarhor viloyati Achin ulusvorligida juma kechasi nishonga olingan.

Hujumda yana 30 jangari hayotdan ko‘z yumgan. Ammo, bu xabarlar mustaqil manbalardan tasdiqlanmagan.

Afg‘oniston Josuslik Xizmati Amerika yetakchiligidagi koalitsiya harbiylariga o‘zi ma‘lumot yetkazgani va hujum ayni mana shu ma‘lumot asosida amalga oshirilganini aytadi.

Hafiz Said o‘zini Islomiy Davlat deb atovchi guruhning bir hafta ichida Afg‘onistonda o‘ldirilgan uchinchi rahbaridir.

Seshanba kungi dron hujumida guruhning boshqa bir rahbari halok etilgani xabar qilingandi.

NATO kuchlari yil boshidan beri yangi vakolatlarga ega, ammo hali ham uchuvchisiz uchoqlar vositasida hujumlarni amalga oshiradi.

ID so‘nggi xabarga munosabat bildirmagan.

Nangarhor viloyatining Achin ulusvorligi Pokiston bilan chegarada joylashgan. ID guruhi Afg‘oniston-Pokiston mintaqasini Xurosan davlati deb ataydi.

O‘tgan bir necha hafta ichida Nangarhorda Tolibon va "Islomiy Davlat" deb atalayotgan guruh jangarlari o‘rtasida janglar kuchaygan. Urushlar tufayli ko‘plab oilalar o‘zlarini yashab turgan uy-joylarini tashlab qochishgan.

Viloyat Afg‘onistondagi ID jangarilari eng faol mintaqa hisoblanadi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio