Omskdagi kazarma qulashidan qurbonlar soni ortgan

Image copyright AFP
Image caption Binoning qulashiga binodagi texnik nosozliklar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Rossiyaning Omsk shahridagi kazarma binosi qulab tushishi natijasida kamida 20 kishi halok bo‘lgan.

Yana 20 dan ortig‘i turli jarohatlar bilan kasalxonalarga yotqizilgan. Shifokorlarga ko‘ra, yaradorlardan to‘rt nafarining ahvoli og‘ir qolmoqda.

O‘n nafar yarador harbiylarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun harbiy uchoqda Moskvaga olib ketilgan.

Taxminlarga qaraganda, kazarmaning qulashiga binodagi texnik nosozliklar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Image copyright RIA Novosti
Image caption Aytilishicha, bu paytda bino ichida 337 harbiy bo‘lib, ularning hammasi dam olayotgan bo‘lganlar.

Bundan oldin Rossiya Mudofaa vazirligi vakili Igor Konashenkovning bildirishicha, 2013-1014 yillar davomida kazarmada remont ishlari olib borilgan. Biroq kazarmani qayta ta‘mirlashda e‘tiborsizlikka yo‘l qo‘yilgan.

Yakshanba kuni kechqurun Omsk yaqinidagi Svetlыy posyolkasida joylashgan to‘rt qavatli kazarma sektsiyalaridan biri devorlari qulab tushgan.

Aytilishicha, bu paytda bino ichida 337 harbiy bo‘lib, ularning hammasi dam olayotgan bo‘lganlar.

Vaziyatni o‘rganish uchun voqea joyiga Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu yetib borgani xabar qilingan.

Omsk gornizoni surishtiruv bo‘limiga ko‘ra, "beparvolik" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Voqea sabablari tekshirilmoqda.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio