O‘zbekistonga xorijliklarni nimalar jalb qiladi?

Image copyright bbc

Ba‘zi Internet nashrlari "O‘zbekturizm" milliy kompaniyasi tomonidan bir muncha muddat avval e‘lon qilingan mamlakatga tashrif buyurayotgan xorijliklar soni haqidagi statistik ma‘lumotlar borasida xabar tarqatishgan.

Umumiyatla aytadigan bo‘lsak, bu yilning birinchi choragida O‘zbekistonga kelgan xorijliklar soni bir muncha oshgan, lekin ular orasida asosan yaqinlarini ko‘rish uchun kelganlar nisbati ko‘pchilikni tashkil qiladi.

Ko‘zga tashlanadigan yana bir statistik raqam - tijorat maqsadi bilan kelgan xorijliklarning soni yil boshida deyarli 20 foizga tushib ketgani.

Bu ma‘lumot keyinchalik "O‘zbekturizm" vebsahifasidan olib tashlangan.

Agarda bu raqamlar amaldagi haqiqatga to‘g‘ri kelsa nimadan dalolat beradi va qanday talqin qilish mumkin?

Siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimovning aytishicha, O‘zbekistonning xorijiy sayyohlarni jalb etish potentsiali katta bo‘lgani bilan mamlakatning xalqaro sahnadagi imiji yomonligi va iqtsiod sohasidagi islohotlarning yo‘qligi, shuningdek, sarmoya muhitining jozibador emasligi xorijliklarning mamlakatga kelishlari yo‘lidagi asosiy to‘siqlardandir.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio