O‘zbek xonandasining litsenziya "boshog‘rig‘i"

Image copyright none

O‘zbekistondagi ba‘zi nashrlarning xabar qilishlaricha, xonandalarga berilajak litsenziya shartlari o‘zgartirilishi arafasida.

Pordrobno.uz axborot portalining "O‘zbeknavo" birlashmasi rasmiysiga iqtibosan xabar berishicha, bu yangi shartlar orasida faqatgina jonli qo‘shiq ayta biladigan va litsenziya beruvchi maxsus komissiya o‘ngida shaxsan paydo bo‘lib, reperutuarini jonli taqdim qila bilgan xonandalar uchungina berilishi nazarda tutilmoqda.

Bundan sal avval Lola Yo‘ldosheva, Shohjahon Jo‘rayev va yana qator qo‘shiqchilarning litsenziyalari turli sabablar tufayli olib qo‘yilgani haqida xabarlar kelgandi.

Umuman xonanadalarga maxsus ruxsatnoma - litsenziya berish ne qadar kerakli narsa?

O‘zbek estrada sohasida faoliyat yuritgan Rashid Shadiyevning BBC O‘zbek xizmati bilan suhbatda aytishicha, litsenziya berish jarayonininng o‘ta nozik jihatlari bor. Qo‘shiqlar matni, mazmuni, xonandalar professional darajasini yaxshilash urinishlari bilan birga ularning ijodlarini nazorat ostiga olish yo-da ijod erkinligini cheklash kabi holatlarning ro‘y berishiga yo‘l qo‘yish kerak emas.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio