NASA: Yerga o‘xshagan ikkinchi sayyora bo‘lishi mumkin

Image copyright PA
Image caption Kepler-452b sayyorasining hajmi Yernikidan farq qiladi

AQShning NASA Fazo agentligi "Kepler" sun‘iy yo‘ldosh teleskopi olimlarga Koinotning ilgari ko‘rish ilojsiz bo‘lgan kengliklariga nazar tashlashga imkon yaratgan.

Kepler apparati yordamida Yer bilan o‘xshashligi mavjud yana boshqa sayyora mavjudligi ulkan yangilik bo‘lgan.

Kepler-452b deb nomlangan planeta Yer kabi o‘zining yulduzi atrofida aylanadi. Faqat yangi kashf qilingan sayyoraning hajmi Yernikidan 60 foiz kattadir.

Olimlar ta‘kidlashlaricha, undagi Yerga o‘xshashlik ilgari ochilgan boshqa shu kabi sayyoralardan ko‘ra ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Image copyright Thinkstock
Image caption Olimlar Koinotda minglarcha ekzosayyoralarni topishgan, biroq ularga yetib borish imkonsizdir

Bu kabi sayyoralar yetarli darajada qulay tuzilgan va salqin bo‘lib, uning yuzasida suv suyuq holatda saqlana oladi. Bu esa ularda yashash uchun muhim sharoitlar bo‘lishi taxminini beradi.

Kepler-452 sayyorasi Oqqush yulduzlar turkumidan Yergacha 1400 yorug‘lik yili masofasida joylashgan.

NASAning ushbu loyihasi yetakchi olimi Jon Gryunsfeld, Keplerni Yerga eng o‘xshash deb atagan.

Image copyright NASA
Image caption Kepler-452b taxminan shunday ko‘rinishda

Kaliforniyadagi tadqiqot markazi tahlilchisi Jon Jenkinsga ko‘ra, "endi qo‘shnichilikda yangi tanishimiz bor". Biroq bu "qo‘shniniki"ga yetib borish uchun Quyosh tizimidan eng yuqori tezlik bilan ajralib, hozirgi kashf qilingan fozoviy asboblar yordamida Kepler sayyorasigacha 25 mln yildan ko‘p vaqt kerak bo‘ladi.

Ayni vaqtda olimlarning diqqati yana shunday olis yulduzliklarda joylashgan taxminan 500 ga yaqin sayyoraga qaratilgan.

Olimlar fazoda mingga yaqin ekzoplanetlarni topishgan. Biroq ularga yetib borish oson emas. Ayni shu planetalarda Yerga o‘xshash sifatlar bor deb taxmin qilinadi.

Image copyright Thinkstock
Image caption Yerga o‘xshab ketadigan hamma ekzoplanetalarda yashab bo‘lmasligi mumkin

Hozirgacha turli yulduz tizimlarida bu talablarga javob beruvchi 12 planeta topilgan. Kepler shunday planetalarning birinchisidir.

Kepler-452b Quyosh toifasidagi yulduzlar turiga kirib, u Quyoshdan kattaligi jihatdan 4 foiz yirik, yorug‘ligi jihatdan 10 foiz yorqinroqdir. Kepler o‘z yulduzini 385 kunda aylanib chiqadi, bu Yernikidan atigi 5 foiz ko‘proqdir.

Kepler-452bning hajmini o‘lchash imkonsizdir, shuning uchun astronomlar uning taxminiy og‘irligini kompyuter programmasi orqali aniqlashlariga to‘g‘ri keladi.

Shunday bo‘lsada, uning og‘irligi Yernikidan besh martadan ko‘p ekani faraz qilinadi.

Kepler-452b atrofidan aylanadigan yulduz esa Quyoshdan 1,5 mlrd yoshga katta deb hisoblanadi. Ui o‘rganish olimlarga Yerni nima kutayotgani haqida taxmin qilish imkonini beradi.

Image copyright Thinkstock
Image caption Hozircha esa biz ishonch bilan Koinotda faqat Yerimizdagina hayot borligini aniq ayta olamiz

Sayyoraning o‘zining yoshi 6 mlrd yil deb baholanmoqda, agar bu ma‘lumotlar tasdiqlansa, u Yerdan 1,5 mlrd yoshga katta bo‘lib chiqadi.

Olimlarga ko‘ra, Kepler-452b Yer bundan mlrd yil keyin, Quyosh qarib va yorqinroq bo‘lishi orqasidan boshidan o‘tkazadigan davrni o‘tkazayotgan bo‘lishi ehtimol.

Uorvik Universiteti olimi Don Pollakkoning aytishicha, tadqiqotchilar hozircha yangi sayyoraning faqat hajmi haqida tasavvurga ega bo‘la oladilar.

Haqiqatda u nimadan, toshdanmi, gazdanmi yoki boshqa bir moddadan tuzilganini masofaning ulkan olisligi bois aniqlash mushkul.

Shu boisdan, "Kepler" teleskopi aniqlagan "hayot zona"sidagi boshqa planetalar balki Yerga yanada o‘xshashroq, yaqinroq bo‘lishi mumkin.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio