Afg‘oniston: bachapush va bachabozlikka barham berish mumkinmi?

G‘arb madaniyatida ham erkaklarning ayollar ust boshi, yoda ayolarning erkak ust-boshini kiyish holatlari ro‘y berib turadi. Lekin u yerda bu jinsiy o‘zlikni namoyon etish urunishi sifatida ko‘riladi.

Lekin Afg‘onistonda yosh bolalarni o‘zga jins ust boshiga kiyintirish ijtimoiy taqozo va hatto jinsiy haqoratni angatadi.

"Bachapush holati ko‘plarga ayon va ko‘plab afg‘onlar o‘g‘il bola sifatida tarbiya qilingan kimnidir albatta biladilar", deb yozadi ushbu holatni tadqiq qilgan Jenni Nordberg.

Bu holatning sababi jamiyatda o‘g‘li bo‘lmagan oilalarga kamsituvchi ko‘z bilan qarash odatidir. Jamiyat o‘ngida "uyat yoda kamchilik"ni "yo‘qotish uchun qizlarning sochini kesib, o‘g‘il bola kiyimini kiydirishadi.

Albatta o‘g‘il bolaga "aylantirilgan" qizlar uchun buning foydasi ham bor. Ular yaxshiroq maktabga borishlari, sport bilan shug‘ullanishlari va uydan tashqari hatto ish qilish imkoniga ega bo‘lishlari mumkin.

Boshqalar bu o‘g‘il bolaning aslan kimligini bilishsa ham, umuman o‘g‘il bola bo‘lmaganidan ko‘ra bu oilaning ijtimoiy mavqei balandroq bo‘ladi.

Ba‘zi oilalar uchun esa bacha push qizga ega bo‘lish iqtisodiy jihatdan omon qolish yo‘li hamdir. Nordberg gaplashgan 10 yoshli qiz o‘g‘il bola kiyimida do‘konga borib ishlay oladi va uning maoshi oila uchun juda muhim.

Lekin qizlar balog‘atga yetib, o‘zliklariga qaytish vaqti kelganda mushkulliklarga yuz tutadilar. Endi ular turmushga chiqib, ayol sifatida amal qilishlari kerakdir...

Afg‘oniston parlamentining sobiq a‘zosi Azita Rafaatning 4 qizi bor, eng kejasi bachapush. Uning fikricha, jamiyatda ayollar huquqlarini ta‘minlash yo‘lida kurashish lozim.

"Bu amal jamiyatda ayollarning o‘rni noinsoniylashtirilgani uchun ro‘y beradi, bu Afg‘onistonda voqelik" deydi u. Bu amal omon qolish uchun urinish bo‘lsa ham, aslida mavjud bo‘lmasligi kerakligi haqida aytiladi.

Jinsni o‘zgartirib ko‘rsatish urinishlari Afg‘onistonda o‘g‘il bolalar uchun anchayin xavotirli ko‘rinish. Bachabozlik o‘g‘il bolalarni qiz bola kiyimida omma o‘ngida raqsga tushib, shahvoniy harkatlar qilishlarini anglatadi. Asosan kambag‘al oilalardan bo‘lgan bolalar qudratli va hurmatli shaxslar tomonidan olib qochiladi va ba‘zida deyarli qullikda saqlanadilar.

2013 yili Foreign Policy majallasi Toliblar davrida bachabozlik Islomga qarshi deya taqiqlangan bo‘lsa ham, bu kabi holtalar o‘sgani va ko‘plar bu bilan yashirincha shug‘ullanganlari haqida yozgandi.

2001 yili Toliblar ag‘darilganidan so‘ng esa qudrat bo‘shlig‘ini Sho‘rolar huruji davrida faoliyat qilgan sobiq qo‘mondonlar to‘ldirishdi. O‘zlarining nazoratlari ostidagi hududlarda mutlaq hokimiyatni o‘rnatish yo‘lida ular yosh o‘g‘il bolalarni olib qochdilar, jinsiy zo‘rladilar va sotdilar. Ko‘proq sonli o‘g‘il bolalarni jinsiy tahqirlash va qullikda ushlash qudrat va ijtimoiy mavqe‘ ramziga aylandi. Bu kabi qo‘mondonlar qo‘lida qudrat yig‘ilgan sari, bachabozlik keng tarqalgan odatiy holga aylandi.

2010, PBS ning Frontline jurnalida Najibullo Qurayshiyning "Afg‘onistonning raqqos bolalari" nomli lavhasi berildi.

Qurayshiy Tahor viloyatida Dastgir ismli Shimoliy Ittifoqning sobiq qo‘mondonidan bolalarni tanlaganda nimalarga e‘tibor qaratishini so‘raganda " xushro‘y bo‘lishi, yaxshi raqsga tushishi va yoshi 12-13 bo‘lishi kerak"ligi aytgan.

Dastgir qo‘lida 2 mingga yaqin bacha borligini aytib maqtangan.

Qurayshiy lavhasida o‘g‘il bolalarning ba‘zilari o‘z mavqelaridan nolishmagan, lekin balog‘atga yetganlaridan so‘ng bachabozlikka yaramay qolgan vaqtlari mushkulliklarga yuz tutishlarini aytishgan.

Afg‘onistonda bu muammolarni yechish yo‘llaridan biri bolalar huquqlari va jinsiy tenglik sohasidagi qonunlarni mukamallashtirishdir. BMT afg‘on rasmiylarini bachabozlik madaniyatiga ko‘z yumishda tanqid ostiga olgan bo‘lsa ham, bu holatlarni yo‘qotish yo‘lida juda kam ish amalga oshirilgan.

Bu holatlarni shuningdek agarda, harbiy va siyosiy qudratga ega bo‘lgan shaxslar, politsiya zobitlari o‘zlarining bachabozlik bilan faol shug‘ullanishlarini to‘xtatsalar ham tugatish osonroq bo‘lardi.

Bachalar raqsga tushayotgan mahfallar-manzillarga borishdan ko‘ra, hukumat va polis rasmimylari turli mintaqalarda dala qo‘mondonlari ta‘sirini kamaytirish va oxir oqibat bachabozlikka barham berish yo‘lida ko‘proq harkatlarni amalga oshirishlari kerakdir.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio