"Turkiya Suriyaga qo‘shin kiritmaydi"

Image copyright
Image caption Ahmad Dovudo‘g‘li: "Turkiyaning hozirligi oqibatlardan holi bo‘lmaydi"

Turkiya Bosh vaziri o‘zini "Islomiy Davlat" deb nom qo‘ygan guruhga qarshi kurashish uchun Suriyaga qo‘shin kiritish niyati yo‘qligini aytgan.

Ammo, Ahmad Dovudo‘g‘liga ko‘ra, Suriya-Turkiya chegarasiga yaqin hududlardagi ID mavqelarining havodan nishonga olinishi "o‘yindagi o‘zgarishlarni" anglatadi. Ayni paytda Turkiya qiruvchi uchoqlari Iroqdagi Kurdiston Ishchilar partiyasi - PKK bo‘lginchilariga qarshi havo hujumlari uyushtirdi.

O‘tgan hafta Turkiya ichkarisida qator zo‘ravonliklar amalga oshirilgan. Jumladan, Turkiyaning Suriya chegarasiga yaqin Suruch shahrida amalga oshirilgan bomba hujumida 32 inson nobud bo‘lgandi. Turkiya tarafiga ko‘ra, havo hujumlari ana shu amallarga javobdir.

Seshanba kuni NATO vaziyatni muhokama qilish uchun favqulodda yig‘inga to‘planadi.

O‘tgan tun turk tanklari Suriya shimolidagi kurdlar yashovchi qishloqni nishonga olgan. Kurd xalqi muhofaza bo‘linmasiga ko‘ra, kamida 4 askar yaralangan.

Suriya inson haqlarini kuzatish markazi ham Suriya shimolidagi Zur Mag‘ar qishlog‘i turklar tarafidan hujumga tutilgani haqida xabar bergan.

Janob Dovudo‘g‘li turk matbuotiga aytishicha, Turkiya harbiy amaliyotlari mintaqadagi qarama-qarshiliklarda "yangi bir shart-sharoitlar" vujudga kelganini anglatadi.

Bosh vazirga ko‘ra, "Turkiyaning hozirligi oqibatlardan holi bo‘lmaydi".

"Hurriyat" gazetasining Dovudo‘g‘lidan iqtibos keltirishicha, "... bu Suriya, Iroq va butunboshli mintaqada o‘yinni o‘zgartirishi mumkin".

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio