Ukrainada o‘zbeklar jamoalari

Alan Jangoja, Kiyev

Image caption Muhojirlar Ukrainaga xuddi ikkinchi vatanlari kabi qaraganlari uchun ukrainaliklar ham ularga bag‘rikeng munosabatda bo‘lishadi

Ukrainadagi o‘zbeklar jamoalari bilan bog‘liq ahvol biroz murakkab. Aslini olganda Rossiya bilan urushga tortilgan Ukrainadagi hozirgi vaziyat juda qiyin va u muhojirlarning umumiy ahvoliga ta‘sir qilmay qo‘ymaydi.

Global Peace Index ning 2015 yilgi hisobotiga ko‘ra, Ukraina xavfsizlik darajasi bo‘yicha 162 mamlakat orasida 150 o‘rinni egallagan. Mamlakat sharqidagi harbiy harakatlar va qamaldagi Qrim mehnat muhojirlari beqaror vaziyatining ko‘rinib turgan sabablaridandir.

Ukrainadagi O‘zbek diasporasi o‘zining xususiyatiga ega bo‘lib, mahalliy aholi va mahalliy hukumat bilan oddiy bo‘lmagan munosabatlar tarixi bor. 2006 yil 14 fevralda rossiyaparast tizim va Kremlning talablariga mos siyosatning amal qilishi orqasida o‘zbekistonlik qochqinlarning rasmiy Toshkentning soxta va yuridik jihatdan tasdiqlanmagan ayblovlari bo‘yicha vatanlariga ekstraditsiya qilinishi xalqaro janjalga sabab bo‘lgan edi.

Qochqinlar bir necha bor o‘zlarining orqasidan Ukraina maxsus xizmati bilan hamkorlikda O‘zbek Milliy Xavfsizlik xizmati xodimlarining kuzatuvlari haqida xabar berganlar. Islom Karimov maxsus xizmatlari tomonidan qochqinlarni ekstraditsiya qilish siyosati amalga oshirilgan. Shunday holatlar bo‘lganki, qochqinlarga ularning qarindoshlari tomonidan ortda hech qanday xavf yo‘qligi va O‘zbekistonga qaytishlarini so‘rab videoxabarlar jo‘natilgan.

Rossiyaparast Ukraina zamoni o‘tgan bugunda kunda muhojirlik siyosati xalqaro andozalar bo‘yicha o‘zgarishi kerak. Xalqaro hamjamiyat Ukrainadagi ijtimoiy mojarolarni bartaraf qilishga e‘tibor qaratib, moliyaviy va gumanitar yordamlar, MVF tomonidan kreditlar berilar ekan, Ukraina bunday g‘amxo‘rlikka loyiq ekanini namoyish qilishi muhimdir. Muhojirlik siyosatini yaxshilash ham Ukraina uchun siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy omillar qatori xalqaro hamjamiyatning ishonchini qozonishda o‘rin tutadi.

Ukrainadagi etnik o‘zbeklarning katta qismi qurilishlarda ishlaydilar. O‘zbeklarning mas‘uliyati, intizomi tufayli bu sohada ularga talab alohida. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, o‘zbeklarning bu sohada ishlashlariga imkoniyat, imtiyoz ko‘proq deyish mumkin.

Muhojirlar Ukrainaga xuddi ikkinchi vatanlari kabi qaraganlari uchun ukrainaliklar ham ularga bag‘rikeng munosabatda bo‘lishadi.

"Qrim" batalonida qrim tatarlardan tashqari yana o‘zbeklar, tojiklar ham borki, ular ukrain xalqi va mamlakat hududiy yaxlitligini himoya qilishni o‘z burchi deb bilishadi. Mamlakatda yuzaga kelgan qarama-qarshiliklar va haqiqiy fuqarolik urushi fojealari turlicha namoyon bo‘ladi. Qurolli qarama-qarshilikning har ikki tomonida ham o‘zbeklarni uchratish mumkin. Birida o‘zbek-ko‘ngillilar, ikkinchisida yollangan o‘zbeklarni...

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio