O‘zbek jangari guruhi Tolibon yangi rahbariga loyiqligini izhor qildi

Image copyright none

Suriyada faoliyat qilishiga ishonilgan va asosini o‘zbekistonlik jangarilar tashkil qiladigan Kotibatul Imom al – Buxoriy deb atalmish guruh Afg‘oniston toliblarining yangi rahbari Mullo Axtar Mansurga bay‘at berganini e‘lon qilgan.

Ayni tashkilot haqida ma‘lumot oz, ammo tahlilchilar “Imom Al-Buxoriy brigadasi” deb ataladigan jangarilar O‘zbekiston Islomiy Harakatidan ajralib chiqqan guruhlardan biri ekanini taxmin qilishadi.

Guruh vebsahifasiga joylashtirilgan audio yozuvda Tolibonning sobiq rahbari Mullo Muhammad Umarning o‘limi yuzasidan ta‘ziya bildiriladi.

Gapirayotgan guruh a‘zolaridan biri Mullo Umar hamda Usama Bin Lodenning Sho‘rolar va Amerikaga qarshi jihodlarini olqishlar ekan, yangi rahbar Mullo Axtar Mansurga sadoqatini izhor etadi.

Afg‘oniston hukumati Tolibon rahbari Mullo Umar hayotdan ko‘z yumganini o‘tgan hafta e‘tirof qilgandi.

Mullo Mansurning tayinlanishi ortidan Tolibon saflarida ham bo‘linish ro‘y bergani haqida xabarlar tarqaldi.

Ayrim yuqori martabali Toliblar Mullo Mansurga qarshi ekanligini aytiladi.

O‘tgan yil esa O‘zbekiston Islomiy Harakati bayonot bilan chiqqan va unda “Islomiy davlat” deb ataluvchi guruhga bay‘at berganini e‘lon qilgandi.

"Harakat rahbari Usmon G‘oziy barcha a‘zolar nomidan o‘zlarining Islomiy Xalifat bilan bir safda ekanini e‘lon qiladi”, deyilgandi bayonotda.

Matbuot xabarlari va mintaqa mutaxassislariga tayanilsa, bugungi kunda minglab o‘zbekistonliklar turfa islomiy guruhlar saflarida jang qilishadi.

So‘nggi paytlar birgina Suriyaga Markaziy Osiyo davlatlaridan yuzlab fuqarolar jihod qilish istagida chiqib ketishgani aytiladi.

Bi-bi-si tekshiruvlarida ham Turkiya orqali ayrim o‘zbekistonliklarning Suriyaga yo‘l olishlariga doir xabarlar tasdiqlangandi.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio