'Barcha yaxshi xislatlar kitobdandir...'

Image copyright PA

Yaxshi kitob mutolaa qilish insonlarning bir-birlariga munosabatlarini yaqinlashtirar ekan. Shuningdek, yangi tadqiqot natijalari kitob o‘qiydigan odamlar boshqalarning hissiyotlarini yaxshiroq tushunishga qodir bo‘lishini ko‘rsatgan.

Reading agentligi uchun o‘tkazilgan tadqiqot sharhida mutolaadan rohatlanish kattalar va bolalar dunyoqarashini kengaytirishdan ko‘ra kattaroq ozuqa berishi aytiladi.

Yaqinda o‘tkazilgan so‘rovlardan birida Buyuk Britaniyada yashovchi kattalardan 4, 000 nafari kitobxonlik ijtimoiy tadbirlardan huzur olishlariga yordam berishini aytishgan.

Tadqiqotchilarning qo‘shimcha qilishlaricha, ko‘p kitob o‘qish bolalarda hissiyotlarni tushunish qobiliyatini oshirar ekan.

Umumiy qilib aytganda, kitob mutolaasi huzurlanish, hordiq chiqarish va ovunish kabi foydalarga bog‘langan.

"Hissiyotlarni tushunish"

Tadqiqotga jalb qilingan 4,0000 kishi kitobxonlik ruhiy va jismoniy sog‘liqqa qanchalar ta‘sir qilishi haqida gapirishgan.

Doimiy kitob o‘qiydigan insonlar:

Charchoq va asabiylashuv kam kuzatiladi;O‘ziga nisbatan ishonch kuchli bo‘ladi;Mushkul vaziyatlar bilan yaxshiroq hisoblashishadi;Uyqularini yaxshi nazorat qila oladilar.

Aytilishicha, tadqiqot Olmoniyada 7-9 yoshli bolalar o‘rtasida ham o‘tkazilgan. Tadqiqot jarayonida savodxonlik va hissiyotlarni anglay bilish qobiliyati o‘rtasidagi bog‘liqlik ehtimoliga e‘tibor qaratilgan.

Maktabdan keyingi mutolaa mashg‘ulotlari bolalarning ruhiy va jismoniy salomatliklariga ta‘siri o‘rganilgan. Mashg‘ulotlar jarayonida da his-tuyg‘ular ifodalangan parchalar o‘qib eshittirilgan va mubohasa qilingan.

Xulosa qilinishicha, bunday loyihalar bolalar so‘z boyligi, bilimi va boshqalarni oson tushunish qobiliyatini o‘sishiga xizmat qilgan.

Shu bilan birga, kitobxon o‘g‘il bolalar yashirin tuyg‘ularni qizlarga qaraganda yaxshiroq anglar ekan.

Xullas, tadqiqotchilarga ko‘ra, kitob o‘qish o‘z-o‘zini anglashga, boshqalar bilan munosabatlarning yaqinlashuviga, dunyoqarashning kengayishi kabi qator foydalarga xizmat qiladi.

Reading agentligi boshqaruvchisi Su Uilkinsonning aytishicha, tadqiqot natijalari bir so‘z bilan aytganda "kitob o‘qisak, barcha narsa" ijobiy tomonga o‘zgarishini ko‘rsatgan.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio