"Markaziy Bank, biz sizlarga ishonmaymiz!"

O‘zbekiston Markaziy Banki fuqarolarning nafaqa pullari 100 foiz plastik kartochkalarga majburan o‘tkazilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Biroq Internet ijtimoiy tarmoqlari foydalanuvchilari bu haqda qanday fikrdalar?

Ushbu mavzuda Den Dovlatov tomonidan Facebookning "Novosti Uzbekistana" guruhida qoldirilgan xabarga foydalanuvchilar quyidagicha fikr bildirganlar:

http://on.fb.me/1MaqYit

Ruslan Akhmerov: Bizda hech narsa majburan qilinmaydida...

Prizrachnyy Gonshchik: Markaziy Bank biz sizlarga ishonmaymiz!

Dilfuza Xakimova: Nima? Andijonga kelinglar, Cho‘lpon ko‘chasidagi 4- pochta bo‘limi. Majburan deyarli hammani Milliy bank plastikiga o‘tkazib qo‘yishti. Qariyalr achchiq ko‘z yoshlarini to‘kishyapti. Mening onam nafaqani shu joydan oladilar, aytishlaricha yangi yilgacha hammani plastikka o‘tkazisharmush. Bechora qariyalar shu kunlarga qolishdi. Yana Qariyalarni ezozlash yilimish-a.

Zi Zi: Rostdan aldashyaptiku!!!

Anvar DJabbarov: Bizning shahrimizda Xalq banki xizmatchilari uyma-uy yurib nafaqaxo‘rlarni har qanday yo‘l bilan nafaqa pullarini plastik kartochkalrga tushirilishiga roziliklarini olib kelishga majburlangan.

Ayrim shaxslar bu guruhdagi foydalanuvchilarning hammasini yolg‘onchiga chiqarishi tayin. Agar ularni O‘zbekiston iqtisodiyotidagi yutuqlarni ko‘rishni hohlamayotganlar deb qaralsa, "Potrebitel Plyus" guruhidaga muhokamalarga ham nazar tashlash mumkin:

Nargiz Valieva: "Onamning nafaqa pullarini avgust oyidan 100% miqdorda kartochkaga tushirishyapti. Shunday bir savol tug‘ildi: yo‘l kira haqini qanday to‘lasinlar? Gap shundaki, ular Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yashaydilar"

Bu guruh qatnashchilari esa quyidagilarni bildirishadi:

http://on.fb.me/1E7hpJ1

Vadim Zubanov: Ularning roziligi va bank bilan tuzilgan shartnomadagi imzolarisiz bunday qila olishmaydi. Agarda onangiz biror bir hujjatga imzo chekmagan bo‘lsalar unda ularning imzolari qalbakilashtirilgan. Bu jinoyatdir, prokuraturaga arz qiling.

Pyotr Arsenev: Nafaqa pul to‘lashka naqd pul yo‘q. Qariyalarni e‘zozlash yilida-ya.

Natusik Shvartskopf: Qanday dahshat! Agarda nafaqa va ish haqi pullarni kartochkaga o‘tkazishadigan bo‘lishsa qanday yashaymiz?!

Albina Jurayeva: Mening bobomni ham uylariga kelib boshlarini aylantirib yuborishipti, ular rozi bo‘lib endi tamg‘a bosib bermoqchi edilar(ular imzo qo‘ya olmaydilar, ularda maxsus tamg‘a bor), yaxshiyamki men kelib qoldim. Haydab yubordim, shundan buyon kelishmadi. Onamlar ham rozi bo‘lmadilar. Bizni boshqa bezovta qilishmayapti.

Aftidan plastik kartochkalar o‘zbekistonliklar uchun shu darajada noqulayliklar paydo qilganki, bu Facebookda shunga oid gruppa tashkil qilinishiga ham turtki bo‘lgan.

"Mullajiring (plastik kartochka muamollari)" deb atalgan guruh hozirda deyarli 3000 kishini jamlagan.

Guruh qatnashchilari plastik kartochkalar tufayli kundalik hayotda duch kelinayotgan muammolar va ularning yechimlari haqida fikr-mulohaza yuritishadi.

BBC O‘zbekistondagi banklardan biriga kelib tushgan yig‘ilish haqidagi buyruq matnini qo‘lga kiritdi.

Unda har bir bank xodimi pensionerlarning pensiyasini plastik kartochkaga o‘tkazish haqida pensionerdan ariza olishi shartligi, bu buyruqni bajarmagan bank xodimiga nisbatan chora ko‘rilishi talab qilishi anglashiladi.

Siz bunday muammolarga duch kelmayapsizmi?

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq