Kobul markazida portlovchi modda ortilgan yuk avtomobili portlagan

Image copyright Getty

Payshanbadan jumaga o‘tar kechasi Kobulning Shoh Shohid mavzesida ustiga portlovchi moddalar ortilgan yuk avtomobili portlatilgani oqibatida kamida 10 inson halok bo‘lgan, 400 odam yaralangan.

Portlash natijasida yaqin-atrofdagi binolar vayron bo‘lgan.

Vayronalar ostida ham insonlar qolib ketgan bo‘lishlari mumkinligini aytganlar rasmiylar.

Portlash harbiy bazaga yaqin joyda ro‘y bergan.

Ko‘p odamlar sachragan shishalar siniqlaridan jarohat olganlar.

Yaralanganlar orasida bolalar ham bo‘lgan, ular shifoxonalarga yetqazilganlar.

Kobul shahri markaziga kunduz payti og‘ir yuk mashinalarining o‘tishi taqiqlangan.

Image copyright AFP

Biroq qattiq qo‘riqlanadigan shaharda kichik bombalar yoki xudkush hujumchilarning portlashi tez-tez ro‘y berib turadi.

Payshanba kuni Lo‘g‘ar viloyati markazi Puli Amri shahrida xudkushlik hujumi sodir etilgani oqibatida kamida olti inson halok bo‘lgan.

Lo‘g‘ardagi hujum uchun mas‘uliyatni Tolibon o‘z zimmasiga olgan.

Bu Afg‘on Tolibonining Mullo Axtar Mansurga bay‘at bergani e‘lon qilinganidan keyin hujum uchun mas‘ullikni bo‘yniga olish bo‘lgan.

Juma tongidagi hujum uchun hozircha hech kim mas‘ullikni o‘z zimmasiga olmagan.

Siz bu haqda nima deysiz?

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio