Turkiya shirkati dengiz bo‘ylab halol sayohat taklif qilmoqda

Image copyright none

Turkiya sayyohlik shirkati ilk bor 100% halol deyilayotgan kema sayohatini taklif qilmoqda.

Xabar qilinishicha, ushbu dengiz sayohatiga ko‘proq dindor musulmonlar e‘tiborini tortish ko‘zlangan.

Onado‘li xabar agentligining yozishicha, dengizga safarini sentyabr oyi oxirida boshlaydigan sayohatchilar faqat ayollar va yo faqat erkaklar foydalanishlari mumkin bo‘lgan turkcha hammomlar va sport zallaridan bahramand bo‘ladilar.

Shuningdek, Egey dengiz bo‘ylab kezadiagn ushbu kemada qimor o‘ynashga, spirtli ichimliklar va yo cho‘chqa go‘shti mahsulotlari sotishga ruxsat berilmaydi.

Hatto kemadagi mebellar ham ehtiyotkorlik bilan tanlangan.

"Kemamiz devorlarida Islomiy qadriyatlarga yot bo‘lgan suratlar ham yo‘q", deb aytgan loyiha boshqaruvchisi Go‘kmen Aydinalp Onado‘li xabar agentligi bilan suhbatda.

"Usmonlilar izidan" deb nomlangan to‘rt kunlik dengiz sayohati davomida sayohatchilar Rodos va Krit orollarini tomosha qilishadi.

"U faqat alkogol va yo cho‘chqa go‘shti mahsulotlaridan holi kema bo‘lmaydi", deya qo‘shimcha qiladi sayohatni tashkil qilayotgan agentlik (Fusion Tour) rahbari Kamol Gunay.

"Bu madaniy va tarixiy joylar bo‘ylab sayohat bo‘ladi", deydi u.

Bugunda Turkiyada halol sayyohlik biznesi gullab-yashnamoqda. Musulmonlar talablariga mos oziq-ovqatlar, faqat ayollar foydalanishlari mumkin bo‘lgan hovuzlar va yo sohillar taklif qiluvchi mehmonxonalar soni ortgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq