IDning strategiyasi ustida tadqiqot olib borildi

Image copyright .
Image caption Tahlilchiga ko‘ra, ID boshqa jangari guruhlarga qaraganda anchayin murakkab va faol

Qo‘shma Shtatlar tadqiqotchilari "Islomiy Davlat" deb atalayotgan guruh ekstremistlari strategiyasini yaxshiroq tushunib yetish uchun kompyuter modelini yaratganlar.

Tahlilchilar koalitsiya uyushtirayotgan havo hujumlari bilan jangarilar yo‘q yoqasida sodir etadigan bomba portlashlari orasida uzviy bog‘liqlik borligini aniqlashgan. Va buni jihodchilar harbiy taktikasi sifatida ko‘rish mumkinligini aytishgan.

Algoritmik tizim o‘zlariga "Islomiy Davlat" deb nom qo‘yib olgan guruh faoliyati bilan bog‘liq 2,200ta 2014 yilning ikkinchi yarmida yuz bergan hodisalarni tahlil qilgan.

Xulosalar jamlangan hisobot kelasi hafta Avstraliyada o‘tkazilishi rejalangan yig‘inda taqdim etiladi.

Taktikalar o‘zgarishi

Hisobot mualliflaridan biri, 2006 yil Iroqda xizmat qilgan armiya zobiti hamda hozirda Arizona Davlat Universiteti tadqiqotchisi bo‘lgan Paulo Shakarianning BBCga: "Ular ko‘plab havo hujumlariga duch kelishgan payti quruqlikdagi keng ko‘lamli amaliyotlaridan chekinib, qo‘lbola portlovchi vositalarni ishga sola boshlaydilar", deydi.

Shuningdek, tadqiqotchilarga ko‘ra, jangarilar quruqlikdagi amaliyotlaridan oldin avtomobilga joylangan bombalarni ishga solishadi. Bunga bir misol Iroqda kuzatilgandi.

"Bizning ishonishimizcha, bu ish Bag‘doddan Iroq armiyasiga qo‘shimcha kuchlar yo‘llanishini oldini olishga urinishdir", deya tushuntiradi Shakarian.

Suriya havo hujumlari ortidan ID tomonidan hibsga amallari keskin kuchaytirilgani tadqiqotchilarni boshida o‘ylovga solgan.

Doktor Shakarianning ishonishicha, bu nishonalarni olishda ko‘maklashgan Suriya josuslik xizmati zobitlari uchun javob zarbasi bo‘lishi mumkin.

Harbiy bashoratlar

Paulo Shakarianning qo‘shimcha qilishicha, IDning taktikasi u 9 yil oldin Iroqda duch kelgan dushman strategiyasidan sezilarli ravishda farq qiladi.

Ushbu ekstremist guruh, uning aytishicha, anchayin murakkab va faol. Shuning uchun ham, kompyuter tahlillarisiz guruhning strategiyasi haqida aniq xulosalar qilish qiyin.

Qirollik Birlashgan Xizmatlar Instituti harbiy ishlar bo‘yicha bo‘limi direktori Elizabet Kvintanaga ko‘ra, o‘ziga "Islomiy Davlat" deb nom qo‘yib olgan guruhga qarshi kurashayotgan kuchlar uchun bu kabi tadqiqot xulosalari foydali bo‘lishi mumkin.

"Harbiylikka ko‘pgina ma‘lumotlarga ega bo‘lish imkoniyati bor", deydi u. "Ular faqat hazm qilinishi mumkin bo‘lgan shaklga keltirilishi lozim. Tahlil aynan shu ishni qilish yo‘lidir".

Sheffild universitetdan kompyuter texnologiyasi bo‘yicha mutaxassis Noel Sharkining qo‘shimcha qilishicha, bunday yondashuv qanday turdagi hujumlar bo‘lishi ehtimoli haqida bashorat qilishga yordam beradi.

"Tahlillar IDning strategiyasi o‘zboshimchalik bilan amalga oshiriladigan emas, balki bashorat qilsa bo‘ladigan strategiya yo-da, har bir hujumda yangi bir taktika qo‘llaniladi", deydi u.

"Albatta, muammo shundaki, bu kutilmaganda, ayniqsa, harbiy kuchlar o‘z bashoratlari asosida harakat qilayotganlarini sezib qolishsa, o‘zgarishi mumkin".

Paulo Shakarin hisobotni kelasi hafta Avstraliyaning Sidney shahrida bo‘lib o‘tadigan anjuman ishtirokchilariga taqdim etadi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq